Amudaryo tumani Içki işlar bölimi taşabbusi bilan "Soğlom va barkamol oila" şiori ostida oilaviy tanlovlar ötkazildi
Respublikamizda Içki işlar vaziri sovrini uçun "Soğlom va barkamol oila" şiori ostida 3-sektor hududidagi oilalar örtasida sport musobaqalari va kitobxonlik bellaşuvlari ötkazib kelinmoqda. Aholi örtasida soğlom turmuş tarzini, kitobxonlikni tarğib etiş maqsadida ötkazilayotgan tanlovlarda sektor hududidagi oilalar iştirok etib, öz mahoratlarini sinovdan ötkazişmoqda.
Amudaryo tumanida ham Içki işlar bölimi taşabbusi bilan xuddi şunday tanlovlar va sport musobaqalari ötkazildi. «Yoş kitobxon oila» va «Yoş sportçi oila» nomi bilan ötkazilgan mazkur tanlovlarda sektor hududidagi mahallalarda yaşovçi oilalar qatnaşdi.
14-dekabr kuni 82-sonli maktabda şu munosabat bilan taşkil etilgan tadbirni tuman Içki işlar bölimi boşliğining örinbosari Baxtiyor Urazov hamda tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşevlar oçib berişdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar mazkur tanlovlar Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillaştiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, “Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonlarida körsatilgan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida ötkazilayotganini maʼlum qilişdi. Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş milliy dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş ham közda tutilganini alohida taʼkidlab ötişdi.
Şundan söng, tadbirlarga start berilib, maktabning sport zalida sport musobaqalari bellaşuvlari, faollar zalida kitobxon oilalar öz mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Musobaqa va bellaşuvlarda sektor hududidan 6 ta oila iştirok etdi.
Mazkur musobaqa va bellaşuvlar ikki yönaliş böyiça ötkazilib, sektor hududidagi oilalar bellaşuvida har bir yönaliş böyiça ğoliblar saralab olindi.
Sportning "Quvnoq startlar", "Stol tennisi", "Şaxmat", "Şaşka" hamda "Badminton" turlari böyiça musobaqalarda iştirok etgan oilalar birgalikda öz çaqqonliklarini, abjir va ziyrakliklarini namoyiş etib, ğoliblik uçun kuraşdilar. Şuningdek, kitobxonlik hamda maʼnaviyatni tarğib etuvçi "Eng yaxşi maʼnaviy yetuk oila" şiori ostida ötgan tanlovda oilalarning bilimdonligi, qançalik darajada kitoblarga oşnoligi sinovdan ötkazildi. Iştirokçilar bahru-bayt aytişuvlarda zukkoliklarini körsatib, öqigan kitoblari, sevgan asarlaridagi qahramonlar haqida maʼlumotlar berişdi. Savol-javoblar viktorinasida ham bir-biridan qolişmaslikka harakat qilişdi.
Sport musobaqalarida faxrli 1-örinni Bobur nomli ovulda yaşovçi Guçbayevlar oilasi, 2-örinni Oq oltin ovulida yaşovçi Yöldoşevlar oilasi, 3-örinni Durunki mahallasida yaşovçi Bobojonovlar oilasi egalladi. Kitobxonlik yönalişida esa Oq oltin ovulida yaşovçi Yöldoşevlar oilasi 1-örin, Bobur nomli ovulda yaşovçi Guçbayevlar oilasi 2-örin, Xitoy ovulida yaşovçi Xudoyberganovlar oilasi 3-örin ğolibligini qölga kiritdilar.
Murosasiz va keskin bahslarga boy tarzda keçgan tanlovlar ğoliblari tuman Içki işlar bölimi boşliğining diplomi hamda qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandilar. Sektor hududida birinçi örinni egallagan oilalar vakillari musobaqalarning Qoraqalpoğiston bosqiçida iştirok etadigan bölişdi.
Tadbirdan söng namoyiş etilgan kontsert dasturi barçaga xuşkayfiyat baxş etdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶