MUDDATLI HARBIY XIZMATGA ÇAQIRILUVÇILARNI SARALAŞ TANLOVLARI BOŞLANDI
Har bir yigitga Vatanni himoya qiliş, özining burçga sodiqligini namoyon etiş uçun uning xizmatida böliş – şarafli vazifa hisoblanadi. Barça mard va jasur öğlonlar ota-ona va oilasini, özi yaşayotgan yurt tuproğini köz qoraçiğidek asraşni, Vatan himoyasi uçun doimo şay turişni muqaddas burç deb biladi.
Amudaryo tumanida ham 2024-yilgi muddatli harbiy xizmat çaqiruviga tayyorgarlik köriş maqsadida tanlov tadbirlari bölib ötmoqda. Özbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-aprel kungi “Çaqiriluvçilarni tanlab oliş töğrisida”gi tegişli qarori asosida Amudaryo tumani hokimi qarori bilan tayinlangan Tanlov Kengaşi tomonidan Mudofaa işlari bölimi bilan hamkorlikda taşkil etilgan uşbu tanlov tadbirlarida 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan, yaʼni 1997-2006-yillarda tuğilgan va ilgari harbiy xizmatni ötamagan yigitlar qatnaşişmoqda.
Hozirgi kunda çaqiriluvçi yoşlar tuman Mudofaa işlari bölimida bölib ötayotgan muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlarida faol iştirok etib, öz salohiyatlarini sinovdan ötkazişmoqda. Çaqiriluvçilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlaş uçun tösiqqa tortiliş, 100 metrlik hamda 3000 metrli masofaga yuguriş böyiça sinovlar ötkazilmoqda. Uşbu sinovlarda muvaffaqiyatli qatnaşgan, belgilangan şartlarni öz vaqtida epçillik bilan bajargan yigitlar suhbatga qatnaşiş imkoniyatiga ega bölişmoqda.
Maʼlumki, muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlari şu yilning 10-avgust kunidan boşlangan bölib, 2024-yilning 10-fevral kuniga qadar olib boriladi. Uşbu tanlov tadbirlarida qöyilgan sinovlardan muvaffaqiyatli ravişda ötgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga jönatiladilar.
Tanlovda umumjismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori baholangan çaqiriluvçilarga, yakka tartibdagi suhbatga kirişga ruxsat beriladi. Umumjismoniy tayyorgarlikda yigitlarning turnikda tortiliş, 100 metrga va 3000 metrga yuguriş darajasi sinovdan ötkaziladi. Yakka tartibdagi suhbatda esa çaqiriluvçilarning dunyoqaraşi, oilaviy ahvoli, bilim salohiyati örganiladi hamda tarix fanidan savol-javob ötkazilib, intellektual darajalari aniqlanadi. Şunga köra çaqiriluvçini muddatli harbiy xizmatga jönatişga yoki jönatmaslikka tavsiyalar beriladi.
Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan çaqiriluvçilar tibbiy komissiyadan hamda butlaş komissiyasi tomonidan suhbatdan ötkazilib, yakuniy qaror qabul qiliş uçun Mudofaa işlari boşqarmalaridagi harbiy tibbiy komissiyasi va rahbariyat kengaşiga yuboriladi. Çaqiriluvçilar harbiy tibbiy komissiyasi hulosasiga köra, soğlom deb topilganda rahbariyat kengaşi tomonidan uşbu çaqiriluvçilar qöşin turiga tayinlanadi hamda çaqiriluvçiga qaysi hududga va qaçon ketişi aytiladi. Muddatli harbiy, yaʼni bir yillik xizmatni ötaşga yaroqli deb topilmagan hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan, biroq Qurolli Kuçlar safiga navbatdagi muddatga çaqirilmagan fuqarolar bir oylik safarbarlik çaqiruvi rezervi safiga olinadi.
Tuman Mudofaa işlari bölimi xodimlari tomonidan ovul va mahallalarda ötkazilgan tarğibot tadbirlarida Qurolli Kuçlarimiz saflarida xizmat qiliş nafaqat konstitutsiyaviy burç, balki qatʼiy maqsad, yuksak maʼnodagi şon-şaraf ekanligi aytilib, yoşlar qalbidagi vatanparvarlik tuyğulari kuçaytirildi. Şu bilan birga harbiy xizmatdan böyin tovlaş jiddiy javobgarlikka sabab bölişi ham keng tuşuntirilib borildi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida “Özbekiston Respublikasini himoya qiliş – Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy xizmatni ötaşga majburdirlar” deb körsatilgan. Zero, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tarkibini jismonan baquvvat va maʼnan yetuk askarlar bilan butlaş va Vatanimizning ravnaqi yölida xizmat qilişga daʼvat etiş vazifasini aʼlo darajada bajariş barçamizning burçimiz va majburiyatimizdir.
Qahramon Ahmedov, tuman Mudofaa işlari bölimi çaqiruv bölinmasi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶