12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:08
Adabiyot 👁 3,718

Kunlardan bir kun... MAHALLADA

Kunlardan  bir  kun... MAHALLADA

YaXŞILIK YÖLI

Baxtsiz tasodif tufayli ota-onasidan bir kunda ajralib qolgan Sultonmurodning bolaligi ham, yoşligi ham birovlarning  eşigida ötdi. Kim nima yumuş buyursa, qilaverardi. Mehnatiga beriladigan arzimasgina çaqaga qanoat qilib, goh oç, goho yupun yaşasa-da, öz ehtiyojlaridan ortgan pullarini yiğib, kitob sotib  olar, iloji boriça yaxşi öqişga intilardi. Har kimning xizmatini qilib yurib baloğatga yetdi, norğul yigit böldi. Maktabni "aʼlo” baholarga tugatib, institutga öqişga kirdi. Öziga qulay bölişi uçun öqişini institutning keçki bölimiga ötkazib, Toşkent traktor zavodida işladi. Qişloğiga qaytib kelganida ota-onasidan qolgan makon huvillab yotar, ikkala yon qöşnilari tomorqaning ançagina qismini egallab olişgandi. Sultonmurodning kelganini eşitib, ahvol söragani kirgan otasining bolalikdagi jörasi Nurulla bobo:

- Heç qisinma, bolam, - dedi bosiqlik bilan.  – Odamzotning közi bir siqim tuproqqa töyadi. Ozga qanoat qilsang, köpga yetasan. Hovli-joyingni tartibga keltirib olaver, tomorqa yering bir gap bölar.

Sultonmurod Nurulla boboning maslahati bilan iş tutdi. Eski imoratning bir qismini buzib, yangilaş taraddudiga tuşdi. Maktabda işlab yurib, döstlari kömagida tört xonali şinamgina  uy qurib, tomini yopib oldi. Kelasi yili ayvon bilan qöşimça ikki xona qurib, yangi hovlisining tomini şiferladi. Haş-paş degunça ötgan uç yil içida Sultonmurod ota makonini qayta tiklab, binoyiday hovli-joyli böldi. Olti yil davomida zavodda işlab, ham öqib yurib, tirnoqlab yiqqan puli joniga oro kirdi uning.

- Endi bolam, bunday söqqaboş yurganing  yaxşi emas, - dedi bir kuni Nurulla bobo. – Könglingga tugib qöyganing bölsa...

Sultonmurod bir entikib qöydi-yu, lekin indamadi. Axir qanday aytsin? Oldiga tuşib, tugunini kötaradigan yaqinlari bölmasa. Borlari ham uzoqda, tumanning narigi çekkasida yaşovçi ammasidan ne naf? Birovning eşigini oçiş ham oson emas. U şularni öylab:

- Ozgina işlay, ota, - dedi közlarini yerga tikib.

- Şundoğam işlayverasan, könglingdagini aytsang böldi, bolam. Otangning mahallaga köp xizmati singgan, buni hamma biladi. Nima, bitta sening töyingni ötkaziş mahallaga oğirlik qiladimi? Gapning öğil bolasini aytsam, heç ham oğirlik qilmaydi-da.

Nurulla boboning közlari yoşlandi.

- Ana, Izzat boşliq, uni otang ölimdan  asrab qolgan, tomirida Normurod jöramning qoni oqib turibdi. Mening qizim-çi,  Nazira opang, uni katta kanal suvida oqib ketayotganida otang qutqarib qolgan. Ana öladi, mana öladi, deb Naziraning yuziga termulib ötirganimizda maşinasida Nukusga olib borib, katta döxtirlarga körsatgan ham şu jöram. E-ha, bolam-a, Normurod jöramning el-yurtga qilgan yaxşi amallari juda köp, bilsang. Köçamizni asfalt qildirişga  boş-qoş bölgan ham, yangi maktab qurilişini tezlaştirgan ham, ovulga tabiiy gaz tarmoği tortilişiga jon kuydirgan ham Normurod jöram!..

Nurulla bobo döstining yaxşiliklari haqida tölqinlanib-tölqinlanib gapirdi. Sultonmurod boboning gaplarini jon quloği bilan tinglasa-da, baribir, özining uylanişi masalasiga butun mahalla ahli aralaşayotganday, xijolat böldi.

- Ota, bu töğri kelmaydi, - dedi bosiqlik bilan. – Biroz işlab, ul-bul jamğarib olay, keyin bir gap bölar.

Nurulla bobo indamadi-yu, lekin öz bilganidan qolmadi. Ertasigayoq Normurod jörasining yakka-yu yagona singlisi Guloyim yaşaydigan qişloqqa yöl oldi. Bor gapni Guloyimning quloğiga yaxşilab "quygan” Nurulla bobo oradan bir hafta ötib, yana Sultonmurodni yöqlab keldi.

- Menga qara, bola, - dedi u çört kesib, - endi mening aytganim böladi. – Yoş emassan, 28 ga kirding. Tengdoşlaring sunnat töylari qilaman, deb yurişibdi. Ertaga ammang  keladi, quda tuşiladigan uyning manzilini ayt.

Sultonmurod işning bunday tus olişini aslo kutmagandi, dovdirab qoldi.

- Manzili, manzili, - duduqlanib-duduqlanib zörğa gapirdi u, - manzili Fayzulla akaning...

Nurulla boboning yuzi çaraqlab  ketdi. Tizzasiga şapatilab örnidan turdi-da, Sulotonmurodni bağriga bosdi.

- Mening könglimdagi böldi-ya, bolam, - dedi u rostmana quvonib. – Özim ham şu qizimni közlab yurgan edim-da!

Fayzulla oğa Nurulla boboning örtança ukasi. Qizi Gulnora yaqinda institutni bitirgan, dorişunoslikka öqigan, odobli, tarbiyali qiz.

Sultonmurodning ammasi kelguniga qadar Nurulla boboning kelinlari non-u patir, qatlamalar pişirişdi. Xuddi öz öğlini uylantirayotganday, yelib-yugurib yurgan bobo meva-çeva-yu şira-şarbatni uyib taşladi. Yaxşilikning  qanotida uçib-qönib Izzat boşliq  (u tumandagi katta bir korxona rahbari edi), mahalla oqsoqoli, Sultonmurod  işlaydigan maktab direktori, mahallaning katxudolari birin-ketin  eşikdan: "Öng bölsin!”, - deb kirib kelişdi. Ota makonini yangilab olgan Sultonmurodga barçasi "barakalla”, deyişdi, hatto havas ham qilişdi.

- Sen mening tuğişgan ukamdaysan, - dedi Izzat boşliq. – Agar otang  bölmaganida men bu dunyoda yaşab yurmasdim. Öşanda meni urib ketgan maşina şofyori qoçib ketganidan köp qon yöqotganman. Normurod oğa to tuzalgunimça menga donorlik qilib, tepamda ötirgan ekanlar. Qarzimni uziş payti kelganida, sen uka, özingni çetga olma.

- Normurod aka faqat el-yurtni öylardi-da öziyam, - mahalla oqsoqoli ham otasining qilgan  ezgu işlaridan uzoq gapirdi.

Şu kuni Guloyim amma va Nurulla bobo, Izzat boşliq, mahalla oqsoqoli Hikmat akalar Fayzulla oğanikiga sovçilikka borib, quvonib qaytişdi.

Sultonmurodning töyi xabari butun mahalla ahlini quvontirib yubordi. Töyga öz sözida turib Izzat boşliq boş böldi. Mahalla oqsoqoli töyxona xarajatlarini zimmasiga oldi. Nurulla bobo Sultonmurodning  ota-sining jöralari nomidan zamonaviy  mebel  sovğa qildi. Hamqişloqlar sovğa-salom uçun keltirgan gilam- poyondozlar dasturxonxonaga siğmay ketdi. Bir töy böldi, bir töy böldiki, yaqin orada qişloq ahli bunday yayramagan edilar. Ammo...

devor

Töyga kelganlar Sultonmurodning ikki yon qöşnisining boşqalardan özlarini tortişayotganini sezmay qolişmadi. Haqiqatan ham, ikkala yon qöşnilar negadir özlarini aybdorday his qilişayotgani, boşqalarday töyda yayrab-kulolmayotgani özlarining xatti-harakatlaridan sezilib turardi.

- Betlari kuyuk-da, - dedi dasturxonxonadagi ayollardan biri. – Normurod aka bilan Sanam opaning maʼrakalari ötib-ötmay, örtaga ikki metr-ikki metrdan ötib, devor urib olişdi. Ota-onasi ölgani bilan Sultonmurod norasida bor-ku, deyişmadi. Nafs qursin-a, nafs qursin.

- Buni hamma biladi, - gapga aralaşdi kayvoni ayollardan yana biri. – Bolasi bir gödak, unga hovli, tomorqa ne kerak, deyişgan-da.

- Mayli, qöyavering, - dedi mahallaning katta kayvonisi Sojida ena. – Töymaganning közini tuproq töydiradi. Sultonmurodjon omon bölsin. Normurod oğa bilan Sanam opaning çiroği yonib turibdi-ku, şuning özi katta gap.

Şu bilan ayollarning gapi yakun topdi-yu, töydan hafta-ön kun ötib,  xuddi öylaşganday, avval çap yonidagi qöşnisi Olimboy eşikdan möraladi.

- Sultonmurod, inim, sen bilan kelişib olsak, - dedi u közlarini yerdan uzmay.

- Nimani? – hayron böldi Sultonmurod.

- Şu, - talmovsiradi qöşni, - yer masalasida-da. Men bu devorni kötariş uçun falon ming söm xarajat qilib edim, şu çiqimni bersang, devorni buzmoqçi edim.

Sultonmurod qöşnisiga ajablanib qaradi. Axir unga devor haqida gap oçmagan bölsa.

- Aka, buzib ne qilasiz, men Siz bilan yer talaşayotganim yöq-ku.

- Sen aytmaganing bilan odamlar aytişyapti-da, uka. Izzat boşliq, Nurulla bobo, oqsoqol...

- Mayli, aka, - dedi Sultonmurod, - men roziman. Odamlarning gapiga eʼtibor bermang, devoringiz özi qulab tuşgunça turaversin.

Qöşni ketdi. Sal ötib, öng tomon qöşnisi Sultonmurodni yöqladi. Bu qöşni ançayin dangalçi odam edi.

- Sultonboy, - dedi hol-ahvol söraşib bölgaç, - örtamizdagi devorning mening hovlim tarafida sening ikki yarim metr yering bor. Devor örni bilan uç metr. Endi, uka, sen mendan rozi böl. Şu devorni bekor tiklagan ekanman. Buzib taşlada, yeringni ol. Bilasan, mazam yöq.

Sultonmurod hayron qoldi. U qöşni devorning xarajatini, bunisi esa rozilik sörayotir. U qanday yöl tutişni bilmay, jim ötirar, bot-bot hovlisining ikki tomonidagi ikki devorga, devor ortida yaşnab turgan dov-daraxtlarga qarab qöyardi.

- Devor özi qulab tuşgunça turaversin, oğa, - dedi u bu qöşnisiga ham.

Qöşni ketdi. Oradan hafta-ön kunlar ötib Sultonmurod öqituvçilar malakasini oşiriş institutiga öqişga ketdi. Bir oylik öqişdan qaytib kelib, u öz hovlisini taniyolmay qoldi. Ikkala qöşnisi ham örtadagi devorlarni buzib, tekislab, Sultonmurodga tegişli yerni ajratib, hatto ağdarib ham qöyişibdi. Ikkala qöşni ham birin-ketin Sultonmurodni körgani kirişdi. Qilgan işlaridan köngillari tölib, Sultonmurodni bağirlariga bosişdi.

- Rahmat, uka, - dedi biri, - endi mahalla oldida yuzim yoruğ böldi.

- Sen menga kenglikni, odamgarçilikni örgatding, uka, - dedi ikkinçisi.

Yangi kelin qöşnilari oldiga dasturxon yozdi, palov tortdi. Taom ustiga Nurulla bobo bilan oqsoqol va Izzat boşliq kirib kelişdi. Barçalari ming  yillik qadrdonlarday, suhbat qurişdi. Sultonmurodning hovlisi bilan qöşnilari örtasida heç qaçon devor bölmaganday, atrof, hovli-yu çorboğ şinam va fayzli edi.

 

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026