BUGUNNING BOLALARI
Aylanay Mustaqillik! Aylanayin ERK,
Sen bilan oʻzligin angladi oʻzbek!
Vatan ulugʻ yoʻlda! Ochayotir koʻrk,
Har koʻngil oʻz yeri, oʻz eliga Bek –
Istiqlol ufqlari porloq bolalar!
Kecha joʻyaklarda koʻz yorgan ona –
Bugun Baxt koʻshkida! Vatan – parvona.
Muhabbat chashmida ungan homila
Dunyoga kelguncha cheksiz himoya –
Sogʻlom tugʻilsin deb goʻdak – bolalar!
Qarang, mahallalar bagʻrin toʻldirib,
Oila chamani gullar qulf urib.
Mehr ummonlari aro choʻmilib,
Baxtiyor bolalik gashtini surib,
Ulgʻayar boʻlgʻusi podshoh bolalar.
Sogʻlom ona-bola – sogʻlom kelajak –
Ustuvor siyosat mangu qolajak.
Ona yurt koʻksida gul ochgan chechak
Dunyo ayvoniga qadam qoʻyajak –
Nigohlari olov – chaqnoq bolalar!
Barining koʻksida gʻurur, iftixor,
Hurriyat shavqidan dillarda viqor.
Bundayin tinch hayot ayting, qayda bor?
Keksalar duoda, shukr etar ming bor:
– Omon boʻlsin qalbi uygʻoq bolalar!
Ey, ota makonim, mulki Turonim,
Ozod yurtim mening, Oʻzbekistonim!
Buyuk Jaloliddin siyoqli mardim,
Amir Temur yangligʻ sohibqironim –
Elga qaytmish dono, hoqon Bolalar!
Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶