“Barkamol avlod bolalari” festivalining gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi
9-aprel kuni Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil qilingan “Barkamol avlod bolalari” nomli festivalning gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Aytish kerakki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabining 2024-yil 4-martdagi buyrugʻiga asosan shu yilning aprel oyida barcha tuman va shaharlardagi “Barkamol avlod” bolalar maktabalarida shu nomdagi festivalning tuman bosqichlari tashkil etilmoqda. Ushbu buyruq asosida Amudaryo tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham 1-apreldan to 8-aprelga qadar festivalning oʻtkazish tartibi va nizom talablariga asosan 7 ta yoʻnalishda koʻrik-tanlov va musobaqalar tashkil etildi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va sanʼat”, “Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov”, “Jismoniy tarbiya va sport” hamda “Xorijiy tillar” yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan toʻgaraklarning aʼzolari 7 ta yoʻnalishdagi musobaqa va koʻrik-tanlovlarda oʻz bilim va malakalarini sinovdan oʻtkazdilar.
9-aprel kuni tuman Madaniyat markazi binosida festivalning yakuniy qismi, yaʼni 7 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlov va musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan iqtidorli va bilimli oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Qadirboy Ismailov hamda direktor oʻrinbosarlari Temur Najimov, Dilfuza Kazakovalar hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻoshboy Shomuratovlar ishtirok etdi. Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabining Beruniy tumani va Nukus shahri maktablari direktorlari ham mehmon sifatida qatnashdilar.
Festival ishtirokchilari dastlab “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak aʼzolari tomonidan tayyorlangan koʻrgazma va 7 kun davmida tashkil oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ijod namunalari bilan tanishdilar.
Soʻngra Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Qadirboy Ismailov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻoshboy Shomuratovlar festival tadbirini ochib berdi.
Ochilish marosimidan soʻng maktabning turli toʻgaraklari aʼzolari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi mehmonlarga namoyish qilindi.
Kontsert dasturi davomida 7 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlov va musobaqalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi gʻolib oʻquvchilarga maktab maʼmuriyati tominidan tayyorlangan diplom va estalik sovgʻalarini tantanali tarzda topshirdilar.
1 hafta davomida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar va musobaqalar yakunlariga koʻra “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishining “Liboslar dizayni” koʻrik-tanlovida Charosoy Jumaniyozova, “Texnik konstruktorlik va modellashtirish” yoʻnalishining “Robototexnika” koʻrik-tanlovida Bekzod Rajabov, “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishining “Milliy kashtachilik” boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlovida esa Dilruz Chorshamovalar 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
“Turizm va ekologiya” yoʻnalishida oʻtkazilgan “Landshaft dizayni” koʻrik-tanlovida Muyassar Seytboyeva, “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishining “Mental arifmetika” boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlovida Javohir Egamberganov, “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan shaxmat musobaqalarida Behruzbek Hayitjonov hamda “Xorijiy tillar” yoʻnalishining “Ingliz tili” boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarida Yunusbek Ismoilovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Tumanning turli ovul va mahallalarida yashovchi yuzlab ishtirokchilarni qamrab olgan mazkur festival “Barkamol avlod” bolalar maktabi oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash kabi maqsadlarga xizmat qilgani bilan nihoyatda ahamiyatli boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶