“Obod turmuş yili“ yangiliklari
FUQAROLAR YIĞINLARI XODIMLARI UÇUN SEMINAR
13-15-may kunlari tumanimizda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi, yiğinning diniy-maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi rahbarlarining malakasini oşiriş böyiça öquv-seminari bölib ötdi. Seminarda tumandagi 47 ta fuqarolar yiğinlarining raislari, masʼul kotiblari, yiğinning diniy-maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari, «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasi rahbarlaridan iborat jami 202 nafar xodim iştirok etdi.
3 kun davom etgan uşbu seminar özini-özi boşqariş organlarining kelgusidagi faoliyati yanada yaxşilanişiga, şu orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişning ösişiga zamin yaratadi.
ĞAMXÖRLIK IFODASI
Tuman bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş Markazi tomonidan özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğiz kişilar va nogironlarga Prezidentimiz qaror va farmonlariga muvofiq doimo ğamxörlik körsatib kelinmoqda.
Şu yilning birinçi çoragi davomida 143 nafar yakka-yolğiz kişilar va nogironlar dispanser körigidan ötkazildi. Körik natijasi böyiça ularning hammasi statsionar va ambulator şaroitlarida soğlomlaştirildi.
Yolğizlarga ijtimoiy xizmat körsatiş maqsadida 11 million 551 ming söm pul sarflandi, ulardan 43 nafariga 3 million 225 ming sömlik moddiy yordam körsatildi, keksalar, pensionerlar va nogironlardan 23 nafariga sihatgohlarga yöllanmalar berildi.
Özgalarning parvarişiga muhtoj 125 nafar yakka-yolğiz pensionerlarga 9 xil oziq-ovqat mahsulotlari va kir yuviş vositalari har oyda belgilangan miqdorda bepul yetkazib berilmoqda.
NOQONUNIY USKUNA UÇUN JARIMA
Tuman içki işlar bölimi huzuridagi yonğin xavfsizligi bölinmasi xodimlari tomonidan tumanimiz xonadonlarida yonğin xavfsizligini taʼminlaş maqsadida OFY va MFYlar huzuridagi profilaktika nozirlari, "Şimolgaztaʼminot” unitar korxonasining Amudaryo tumangaz filiali xodimlari tomonidan tez-tez reydlar ötkazilib, yonğin xavfsizligiga qarşi aholi örtasida tuşuntirişlar olib boriladi.
Yaqinda ana şunday reydlar natijasida tumanimizning turli hududlarida yaşovçi 11 nafar kişi öz xonadonlarida tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ravişda taqiqlangan gaz söruvçi uskunalarni örnatib qöyganliklari uçun jarimaga tortildi.
XALQARO OILA KUNI BAYRAM QILINDI
"Çoyköl” ovulining 2-mahallasi qardoş Turkmaniston Respublikasi bilan çegara hududda joylaşganligi bois, mahalla qömitasi raisi Q.Ernazarov mahalla faollari bilan tez-tez xonadonlarga taşrif buyurib, aholi turmuş tarzidan voqif bölib turadi.
- 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan mahallada istiqomat qiluvçi turkman, qozoq, qoraqalpoq, özbek oilalari öz farzandlari, qöni-qöşnilari bilan bu kunni munosib nişonlaşdi, - deydi Q.Ernazarov.
Mahalladagi Qurol Qurbonboyevning oilasi qozoq, Sobir Gurbanov oilasi turkman, Lya opa oilasi ukrain, Abdulla Sobirov oilasi boşqird, Roziya momo oilasi esa tatar millatlariga mansub fuqarolardan iborat ahil-inoq oilalardir. Qozoq millatiga mansub Qurol Qurbonboyev oilasida 15-may – Xalqaro oila kuni keng nişonlandi.
- Men va farzandlarim uçun bu kun qöşaloq bayram, - deydi u quvonç bilan. – Çunki bu sana mening tavallud kunim, qolaversa, baynalmilal oilamizning bayrami. – Ilohim, ahil, inoq, bağrikeng oilalarimiz köp bölsin.
OILAVIY TADBIRKORLIK TUFAYLI
Manğit şahrining Beruniy nomli mahallasida yaşovçi Sobir Polvonov oilaviy tadbirkorlikka qöl urib, kam bölmadi. Işni mayda-çuyda duradgorlik anjomlarini yasaşdan boşlagan Sobir Polvonov qisqa vaqt içida yangi oilalar uçun ixçam sandiqlar, xontaxta, deraza va eşik romlari, divan-krovatlar yasaşni özlaştirib, eldoşlari olqişiga sazovor böldi. Eng muhimi, öğli Davronbek ham işli böldi, ham malakali duradgor-usta darajasiga erişdi. Oila daromadi oşib, turmuşi farovonlaşdi.
- Mehnatdan kelsa boylik – turmuş bölar çiroylik, - deydi u mamnuniyat bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶