TARAQQIYoT YÖLIDAGI MUSTAHKAM KÖPRIK
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki yillarda davlat soliq siyosatining asosiy yönalişi bozor munosabatlarini qaror toptirişga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etiş va şu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta taşkil etişdan iborat böldi. Soliq siyosatining keyingi yönalişi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal qilişini taʼminlaş maqsadida soliq munosabatlarini amalga oşiruvçi tegişli muassasalarni taşkil etişga qaratildi.
Xususan, dastlab 1992-yilda Vazirlar Mahkamasi qoşida Soliq boş boşqarmasi taşkil etilgan bölsa, 1994-yilga kelib, bu boşqarma Davlat Soliq qömitasiga aylantirildi va uning hududiy bölinmalari taşkil etildi.
Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanişini yaqqol tasavvur qiliş uçun şu davrni tört bosqiçga bölib körsatiş mumkin.
Birinçi bosqiç – Özbekistonning öz soliq tizimini taşkil etiş va soliqlarning xazinaviy ahamiyatini oşiriş bosqiçi bölib, bu davr 1991-1994-yillarni öz içiga oladi.
1995-1997 yillarda amalga oşirilgan soliq islohotlarining ikkinçi bosqiçida soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslaştiriş va korxonalarning işlab çiqarişini rağbatlantirişga eʼtibor kuçaytirildi, yaʼni bu davrda işlab çiqariş samaradorligini oşirişga soliqlarning taʼsiri kuçaytirildi.
Soliq islohotining uçinçi bosqiçi 1998-yildan 2007-yilning oxirigaça davom etdi. Bu davrni soliq tizimida soliqlarni ixçamlaştiriş kontseptsiyasining boşlaniş davri deb ataş mumkin.
Bu bosqiçda soliq tölovçi yuridik şaxslarga imkoni boriça soddalaşgan, ixçamlaşgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlari va soliq tölaş muddatlari ixçamlaştirildi.
Törtinçi bosqiç 2008-yilning 1-yanvaridan, yaʼni Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining amalda kuçga kiritilişi bilan boşlandi va hozirgi kungaça davom etib kelmoqda.
Soliq islohotining hozirgi bosqiçida soliq tölovçi yuridik va jismoniy şaxslarga imkoni boriça soddalaşgan, ixçamlaşgan soliq tizimi joriy etilib, ularning soliq hisoblari, hisobotlari, soliq tölaş muddatlari ixçamlaştirilmoqda va soliq yuki muntazam ravişda yildan yilga kamaytirilmoqda.
Mustaqilligimiz eʼlon qilingandan keyingi 25-yil içida mamlakatimizda el-yurt, xalq farovonligi yuksaldi. Mana şu muvaffaqiyatlarimizda albatta soliq tizimining örni benihoya katta. Mamlakatimiz taraqqiyoti yölidagi mustahkam köprik vazifasini ado etayotgan uşbu soha rivojida bizning tumanimiz soliq inspektsiyasi xodimlarining ham munosib hissalari bor.
Biz tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Javlon Örazmetov bilan suhbat uyuştirib, unga bir neçta savollar bilan murojaat qildik.
- Amudaryo tumani Qoraqalpoğiston Respublikasidagi eng katta tumanlardan biri hisoblanadi. Tuman Davlat soliq inspektsiyasi jamoasi, yaʼni kadrlar tarkibi ham şunga yaraşa bölsa kerak?
- Haqiqatan ham, tumanimiz yirik tumanlardan biri bölganligi sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat soliq boşqarmasi tomonidan 2015-yil 1-yanvar kuni tasdiqlangan ştatlar jadvali böyiça inspektsiyamizda 43 ta ştat mavjud bölib, şundan asosiy ştatlar böyiça işlovçilar soni 33 nafarni, xizmat körsatuvçi xodimlar soni 6 nafarni, texnik xizmat körsatuvçilar soni 4 nafarni taşkil etadi. Jamoa rahbariyat, 9 ta şöʼba va 5 ta bölimdan taşkil topgan.
- Byudjet daromadlari davlatimiz xazinasini boyituvçi manba hisoblanadi. Davlatimiz qançalik boy bölsa, farovonligimizning ham yuksalişini biz hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan katta bunyodkorlik işlarida yaqqol körib turibmiz. Aytingçi, tuman byudjetining daromadlar qismi qanday bajarilayapti?
- Byudjet daromadlari böyiça 2015-yil uçun belgilangan prognoz körsatkiçi 6 778,4 mln. sömni taşkil qilib, haqiqatda 7 001,6 mln. sömga, yaʼni bu boradagi reja 103,4 foizga bajarildi. Bu körsatkiç oldingi yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga köp böldi.
- Jismoniy şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortiş böyiça olib borilayotgan işlar haqida gapirsangiz?
- Jismoniy şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortiş böyiça bir qança işlar amalga oşirilayapti. 2015-yilning 1-yanvar holatiga 724 nafar yakka tadbirkor yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida röyxatdan ötgan. Şundan 2 nafar yakka tadbirkor Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentyabrdagi 413-sonli Qaroriga asosan importyor sifatida tuman davlat soliq inspektsiyasida röyxatdan ötgan.
Yakka tartibda faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar uçun soliq tölaş böyiça belgilangan rejalar töliği bilan bajarilayapti.
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-yanvardagi "Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida hisob-kitoblar mexanizmini yanada tartibga soliş töğrisida”gi PQ-1910-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş hamda naqd pul mablağlarining bankdan taşqari muomalasini yanada qisqartiriş borasida qanday nazorat tadbirlari amalga oşirilmoqda?
- Tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan hududlarda naqd pul tuşumlarini nazorat qiliş va hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan bir qança işlar amalga oşirildi.
Tuman hududida naqd pul tuşumi imkoniyatiga ega bölgan 711 ta savdo va pullik xizmat körsatuvçi şoxobçalar faoliyat yuritib, inkassatsiya bölimlari orqali bank kassalariga kunlik naqd pul tuşumlarini topşirib kelmoqda.
- Savdo va pullik xizmat körsatiş obʼektlarida tölov terminallarining örnatilişi böyiça ham gapirib ötsangiz?
- Tuman hududida 2015-yil 31-dekabr holatiga savdo va pullik xizmat körsatuvçi 663 ta şoxobçada tölov terminallari örnatilgan.
Tumanda alkogolli mahsulotlar savdosi bilan şuğullanuvçi, yaʼni litsenziyaga ega bölgan savdo şoxobçalarining soni jami 35 tani taşkil qilmoqda. Ularda ham tölov terminallaridan töla foydalanilmoqda.
- Tuman Davlat soliq inspektsiyasining taşkiliy nazorat inspektorlik şöʼbasida murojaatlarga qanday munosabatda bölinmoqda?
- Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq tuman Davlat soliq inpektsiyasida ijro intizomiga alohida eʼtibor berilayapti. 2016-yilning 1-yanvar holatiga inspektsiyamizda jami 13357 ta hujjat röyxatga olingan bölib, şundan 4835 tasi yuqori taşkilotlardan, 28 tasi tuman hokimligidan va 1325 tasi tumandagi boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan hujjatlardir. Tuman Davlat soliq inspektsiyasiga kelib tuşgan murojaatlar öz vaqtida körib çiqilib, ijrosi töliq taʼminlanmoqda.
Tuman Davlat soliq inspektsiyasiga 2016-yil 1-yanvar holatiga fuqarolardan yozma ravişda 54 ta murojaat kelib tuşgan. Yozma ravişda kelib tuşgan 54 ta murojaatdan 53 tasi DSI tomonidan belgilangan tartibda örganib çiqilgan va xat egalariga yozma ravişda javob yuborilgan.
2015-yil davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasining 515-49-02 raqamli işonç telefoniga jami 52 ta xabar kelib tuşgan.
Şundan 50 ta xabar böyiça tegişli çoralar körilgan va murojaat egasiga yozma ravişda javob xati taqdim etilgan. 2 ta murojaat körib çiqilmoqda.
Biz bundan keyin ham sohamizni rivojlantirişga munosib hissa qöşişga, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga öz uluşlarini qöşayotgan tadbirkorlarimiz faoliyatini qöllab-quvvatlaşga eʼtiborimizni yanada kuçaytiramiz.
Suhbatni "Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV yozib oldi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶