"Obod turmuş yili" yangiliklari
KOLLEJ ÖQUVÇILARI UÇUN OROMGOH
"Dörman” qişloq xöjalik va kasb-hunar kollejida öquvçilarning yozgi taʼtilda dam olişini taşkil etişga alohida eʼtibor berilmoqda. Şu maqsadda kollej yotoqxonasini öquvçilar oromgohiga aylantiriş yuzasidan tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Yozgi taʼtil boşlanişi bilan uşbu oromgoh 100 nafar öquvçini öz bağriga oladi. Taʼtil davomida bu yerda 300 nafar öquvçi miriqib dam oliş, sport öyinlari bilan şuğullaniş imkoniyatiga ega bölişadi.
BALLI, QIZLAR!
Yaqinda Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kollejida taʼlim olayotgan qizlar örtasida "Balli, qizlar!” körik-tanlovi ötkazildi.
Körik-tanlovda kollejning birinçi bosqiç talabalari faol iştirok etişib, ğoliblikni qölga kiritişdi.
Kollejning birinçi bosqiç talabalaridan Mehribon Tursunboyeva birinçi örinni, Şahnoza Xolmurodova ikkinçi örinni va Şahlo Xolboyeva uçinçi örinni egallaşga muvaffaq bölişdi.
Körik-tanlov ğoliblari bölgan bu epçil va zukko qizlar kollej maʼmuriyatining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandilar.
YoŞ SPORTÇILAR YuTUĞI
Şu yilning 15-16-may kunlari Nukus şahrida 1997-2005-yillarda tuğilgan sportçilar örtasida sportning stol tennisi va tennis öyinlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligi uçun musobaqalar ötkazildi.
Uşbu sport musobaqalarida Manğit şahridagi 1-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabi yoş sportçilari faol iştirok etişdi.
Stol tennisi musobaqasida Marina Kamlova va Muhriddin Rajabovlar birinçi örinni, tennis böyiça ötkazilgan musobaqalarda Boniyor Sobirov 1-örinni, Dilşod Karimov 2-örinni egallaşga muvaffaq böldilar.
Yoş sportçilarimizning bu yutuqlarida stol tennis böiyça murabbiyi Xursand Rajabov va tennis böyiça murabbiy Bahrom Soatovlarning hissalari katta böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶