16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:15
Jamiyat 👁 4,054

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI – JAMIYaT KOʻZGUSI

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING  MUROJAATLARI – JAMIYaT KOʻZGUSI

Oʻzbekiston milliy qonunchilik tizimi yana bir yangi qonun bilan boyidi: «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29-oktyabrda qabul qilindi, Senat tomonidan 13-noyabrda maʼqullandi va Prezidentimiz tomonidan 3-dekabrda imzolandi. 4-dekabr kuni OAVda eʼlon qilindi va shu kundan kuchga kirdi. Shu tariqa ilgari ushbu munosabatlarni tartibga solgan «Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi.

Yangi qonun 5 bob, 31 moddadan iborat boʻlib, davlat organlari va muassasalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Shuni aytish lozimki, davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga murojaat qilish konstitutsiyaviy huquq boʻlib, uni amalga oshirish tartib-taomillari ayni shu qonunda yanada toʻldirildi.

Ushbu toʻldirishning birlamchisi va mazkur qonundagi oʻziga xos yangilik davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish xuquqiga yuridik shaxslar ham ega boʻlganidadir.

Avvalgi qonundan farqli oʻlaroq, murojaatlar shakliga elektron shakl ham kiritildi. Endilikda murojaatlar ogʻzaki, yozma va elektron shaklda boʻlishi mumkin.

Yangi qonunga koʻra murojaatlarga qoʻyiladigan talablar takomillashtirildi. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi, yuridik shaxsning murojaatida esa uning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak. Yana bir yangilik murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkinligi boʻldi (6-modda). Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi, bordi-yu, jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmasa, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va identifikatsion rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Ushbu maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki ular hakida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek, imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim sanaladi. Bu holatlar murojaatlarning koʻrmay qoldirilishiga asos boʻladi (20-modda).

Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxs toʻgʻrisidagi murojaatga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar ushbu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan koʻrib chiqiladi. Murojaatlar toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi lozim.

Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatlarini ular koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ham ega boʻldi (18-moddaning 11-qismi).

Ariza va shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi. Istisno tariqasida, zarur hollarda murojaatni koʻrib chiqish muddati davlat organi rahbari tomonidan uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchi xabardor qilinadi. Taklif bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.

Qonunning 23-moddasida murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoki elektron shaklda darhol xabar qilishi shartligi belgilandiki, bu ham jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlariga xizmat qiladi. Shuningdek, murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinib, unda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda). Ayni paytda murojaat javobidan murojaat qiluvchi norozi boʻlsa, davlat organining rahbari yoki vakolatli shaxsi uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

Shuni ham unutmaslik lozimki, murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda maʼmuriy (MJTKning 40-41-moddalari), jinoiy (JKning 139, 140, 158-moddalari) javobgarlikka sabab boʻladi.

Bir soʻz bilan aytganda, mazkur qonunning qabul qilinishi va kuchga kirishi mamlakatimizda fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquqdorligi va burchdorligining yorqin namunasi boʻlib, bu amalda davlat deb atalmish ijtimoiy-siyosiy tuzilmaning zimmasidagi ijtimoiy vazifalariga toʻla mos keladi.

M.ABDUHAKIMOV,

A.AShUROV,

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurorlari.

(Foto-http://navoiyvetservis.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026