ÖZBEKNING IKKI BUYuK SIYMOSI
Öz hayoti davomida Navoiy bobomiz juda köp badiiy-ilmiy, tarixiy asarlar yaratdi. Şuning uçun ham Navoiy hazratlari 1501-yil 3-yanvarda Hirotda vafot etganlarida butun mamlakat motam tutadi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq, 1991-yilning 26-sentyabrida mamlakatimiz poytaxtidagi Özbekiston milliy boğida Alişer Navoiyning uluğvor haykali qad rostladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur taʼkidlaganidek, tarixda heç kim turkiy tilda Navoiyçalik "köp va xöp (yaxşi) asarlar yozgan emas”. Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida Alişer Navoiy haqida şunday deyiladi: "Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, şoir desak, şoirlarning sultonidir”.
Keyingi yillarda Tokio, Boku va Moskvada uluğ özbek şoirining haykali qad rostladi. Uning bu yil 575 yilligi keng miqyosda nişonlanmoqda.
* * *
Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, ğayratli, isteʼdodli va komil farzandi edi. U öta notinç, sargardonlikda keçgan umrini zör salohiyati tufayli jozibador qila oldi. Uning hayoti jang bilan emas, ilhombaxş onlar bilan ham töla edi.
Uning "Boburnoma” asari nafaqat özbek adabiyoti, balki jahon adabiyotining ham nodir namunasi hisoblanadi. Bu memuar (esdalik) asarida Bobur ön ikki yoşida taxtga çiqişidan boşlab umrining oxirigaça körgankeçirganlarini bayon etadi.
Bobur özbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn şoirdir. U 1519-yilda "Qobul devoni”, 1528-yil "Hind devoni” nomlari bilan ikkita katta devon tuzdi. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari biz yoşlar uçun juda katta tarbiya maktabidir. Biz bu buyuk maʼnaviy merosdan vatanparvarlik, odamiylik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik tuyğularini anglab olamiz.
Sevara ŞERIMBETOVA,
8-sonli ixtisoslaştirilgan davlat
umumtaʼlim maktabining 8-sinf öquvçisi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶