Kumush qishim
Odamlar bahorni yoshlikka mengzaydilar, yozni gullar fasli, sevgi-muhabbat fasli deb ardoqlaydilar. Kuzni pishiqchilik fasli, deb qadrlaydilar.
Qorli qishim, sen xafa boʻlma, sening ham oʻzingga yarasha jozibang bor, oʻynab-oʻynab yogʻayotgan kapalak qorni koʻrganda qaysi qalbda oq niyatlar uygʻonmaydi, deysan.
Menimcha, sen begʻuborlik, poklikni uygʻotasan. Lekin nimalardir seni xafa qiladiki, qahring keladi – ayovsiz izgʻirin yoʻllaysan baʼzan...
Balki odamlar qalbidagi xiralikni, hasadgoʻylikni, gʻiybatchilik, bir-birovga choh qazish kabi illatlarni shu sovuq shamollaring bilan olib ketmoqchi boʻlarsan. Balki bu inson nomiga yarashmagan odatlar yana kengroq tomir yoymasin, deb muzlatmoqchi boʻlarsan.
Maqsading neligini bilmayman-u, shunday savollarga oʻzimcha javob topganday boʻlaman.
Men hammaning yuragi qordek oppoq, quyoshdek porloq boʻlishini xohlayman.
Manzura SULTONOVA,
44-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶