16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:21
Fan va taʼlim 👁 428

31 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallari topshirildi hamda ingliz tili boʻyicha 122 nafar B2 sertifikati egalari taqdirlandi

31 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallari topshirildi hamda ingliz tili boʻyicha 122 nafar B2 sertifikati egalari taqdirlandi

Joriy yilning 20-iyun sanasida Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan hamda ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha B2 sertifikatiga ega boʻlgan bitiruvchi yoshlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida tuman hokimining iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartish masalalari boʻyicha 1-oʻrinbosari Kamiljan Aytboyev, tuman hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Islom Matkarimov, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratovlar, hokimlik va prokuratura masʼul xodimlari, yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Kamiljan Aytboyev tuman hokimining bitiruvchi yoshlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi. Hokim oʻrinbosari oʻz soʻzida bugungi kunda yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari, oʻz iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari, yetuk bilim va salohiyatga ega, barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Soʻzi yakunida yoshlarni yutuqlari bilan samimiy tabrikladi hamda ularga katta hayot yoʻlida, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va zafarlar tiladi.

Hokim oʻrinbosarlari hamda masʼul rahbarlar oltin va kumush medallar bilan joriy yilgi oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan, ingliz tili boʻyicha B2 sertifikatiga ega boʻlgan bitiruvchi yoshlarga medallarni, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalarni tantanali ravishda topshirdilar. Qayd etish joizki, joriy yilda tuman boʻyicha 2963 nafar yoshlar umumtaʼlim maktablarini tamomlagan boʻlib, ularning 27 nafari oltin, 4 nafari kumush medallar sohiblari boʻldilar.

Maʼlumot oʻrnida, oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda yoshlarning OTMlarda taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar natijasida tumanimiz yoshlarining oliy taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlari yildan yilga ortib bormoqda. Ilmga chanqoq yoshlarimizning nafaqat respublikmizdagi, balki chet davlatlardagi OTMlarda oʻqishga kirish koʻrsatkichlari tobora ortib bormoqda. Soʻrovnomalar natijalariga koʻra joriy yilgi oʻquv yilida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarini tamomlagan 2963 nafar yoshlardan 2856 nafari, yani 96,3 foizi OTMlarga hujjat topshirishgan.

Mamlakatimizda yoshlarning chet tilini mukammal oʻrganishlariga katta eʼtibor qaratilib, taʼlim sohasidagi eng ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Amudaryolik yoshlar chet tili bilimlarini chuqur egallash boʻyicha respublikada eng peshqadamlar safida bormoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026