14 nafar şaxs muddatidan ilgari ozod qilindi
Jinoiy jazoning pirovard maqsadi insonni jamiyatdan uzib qöyiş emas, balki uni qilmişini anglab yetgan, qonunga hurmat bilan qaraydigan fuqaro sifatida yana hayotga qaytarişdan iborat ekanligi huquqşunoslikda keng eʼtirof etilgan tamoyillardan biridir. Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar ham aynan insonparvarlik va adolat ğoyalarini mustahkamlaşga yönaltirilgan.
Xususan, sudlarning aholi istiqomat qiladigan joylarga borib, işlarni oçiq va oşkora körib çiqişi odil sudlovga bölgan işonçni oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sayyor sud majlislarida qabul qilinayotgan qarorlar mahalla ahlining köz öngida eʼlon qilinib, huquqiy tarğibotning taʼsirçan şakliga aylanib bormoqda.
12-noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan Amudaryo tumanidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini binosida sayyor sud majlisi ötkazildi. Unda Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi Jasur Baltabayev, Amudaryo tuman prokuraturasi katta yordamçisi Oğabek Yerkuliyev hamda tuman Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi inspektori, kapitan Ruslan Iskandarov iştirok etdi.
Majlisda Amudaryo tumani Içki işlar bölimi Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida 14 nafar şaxsni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga muvofiq jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş masalasi körib çiqildi. Taqdimnomada mahkumlarning jazo ötaş davridagi xulq-atvori, mehnatga munosabati va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni qay darajada bajargani haqidagi maʼlumotlar öz aksini topgan.
Sud majlisi davomida har bir şaxsga tegişli hujjatlar atrofliça örganilib, tomonlarning fikrlari tinglandi va masala barça jihatlari böyiça tahlil etildi.
Natijada jazo ötaş tartib-qoidalariga amal qilgani, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargani hamda mehnatga halol munosabatda bölgani inobatga olinib, 14 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining ajrimlari çiqarildi. Uşbu ajrimlar bilan ular Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoning ötalmagan qismidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etildi.
Bunday qarorlar qonun oldida javobgarlikning muqarrarligi bilan birga, çin dildan tuzaliş yölini tanlagan insonga ikkinçi imkoniyat berilişini ham amalda namoyon etadi. Şu bilan birga, jamoatçilik iştirokida körilgan har bir iş odamlarda qonunga hurmat tuyğusini kuçaytirib, jinoyatçilikning oldini olişda öziga xos ogohlantiruvçi va tarbiyaviy vosita vazifasini ötaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶