Bitiruvçilarga oltin va kumuş medallar tantanali ravişda topşirildi
Bugun mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlarga bölgan ğamxörlik va eʼtibor yurtimiz ravnaqi, ertangi kunimiz poydevorini mustahkamlaş yölida muhim qadam bölib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, har bir bitiruvçining mehnatini qadrlaş, ularning iqtidor va intiluvçanligini alohida eʼtirof etiş jamiyatimizda ilm-fan, tafakkur va izlanuvçanlik qadri yuksak ekanidan dalolat beradi.
Amudaryo tumanida ham ana şunday ezgu anʼanaga sodiq qolgan holda, öquv yilini yuqori natijalar bilan yakunlagan, aʼlo baholari, namunali xulqi va ilğor tafakkuri bilan tengdoşlariga örnak bölgan bitiruvçilarga oltin va kumuş medallar tantanali tarzda topşirildi.
Tuman Madaniyat bölimida taşkil etilgan uşbu bayramona tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, soha mutasaddilari, maktab direktor va öqituvçilari, ota-onalar, şuningdek, qalblari faxr va iftixorga töla yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirda nutq sözlagan tuman hokimi Sobir Xöjametov bitiruvçilarni samimiy tabriklab, medal sohiblari – bu nafaqat maktabda aʼlo baholarga öqigan öquvçilar, balki kelajakda jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qöşadigan munosib kadrlar bölişi şubhasiz ekanligini taʼkidlab, yoşlarga yuksak işonç bildirdi.
Xususan, yoşlarning oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirib, yetuk mutaxassislar bölib yetişişlariga, kelgusida Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oşirişga munosib hissa qöşişlariga, aniq maqsadlar qöyib, bor kuç-ğayratlari va bilimlari bilan xalqimizga xizmat qilişlariga işonç bildirildi.
Tuman hokimi barça bitiruvçilarning kelgusi öqiş va işlarida, şaxsiy hayotida katta yutuq va zafarlar tiladi hamda farzandlarining taʼlim-tarbiyasiga bergan eʼtibori hamda masʼuliyati uçun ota-onalar va ustoz-murabbiylarga minnatdorçilik bildirdi.
Ota-onalarning közlarida faxr, öqituvçilarning nigohlarida işonç, bitiruvçilarning çehrasida esa öz mehnatlaridan, intilişlaridan rozilik zavqi porlaydi. Har bir medal – yillar davomida töplangan bilim, fidoyilik va tirişqoqlikning natijasi, har bir tabassum – ğurur va masʼuliyat ifodasidir.
Aytiş joizki, 2024-2025-yilgi öquv yilida Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarini jami 3402 nafar öquvçi bitirgan bölsa, şundan 30 nafar iqtidorli yoş oltin medal, 7 nafar bitiruvçi esa kumuş medalga loyiq deb topildi. Bu esa tumandagi taʼlim sifati, öqituvçilarning mehnati va öquvçilarning izlanişlari öz samarasini berayotganining yaqqol isbotidir.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bölimining umidli xonandalari tomonidan ijro qilingan kuy-qöşiqlar barça yiğilganlarga yuqori bayramona kayfiyat baxş etdi.
Taʼkidlaş joizki, bugun yurtimizda bilimli, taşabbuskor, Vatan ravnaqiga fidoyilik bilan yondaşadigan yangi avlod şakllanmoqda. Oltin va kumuş medal sohiblari esa bu yölda boşqalarga örnak, ustozlariga esa eng katta mukofot hisoblanadi. Yurtga xizmat qiliş, bilim bilan taraqqiyotga hissa qöşiş – mana şunday yoşlarga munosib fazilatdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶