06.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
06.11.2026, 13:40
Fan va taʼlim 👁 464

3298 nafar 11-sinf bitiruvçilari, 14 ta oltin va 5 ta kumuş medal: tuman maktablarida "Sönggi qönğiroq" jarangladi

3298 nafar 11-sinf bitiruvçilari, 14 ta oltin va 5 ta kumuş medal: tuman maktablarida "Sönggi qönğiroq" jarangladi

Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlodni qöllab-quvvatlaş, ularga jahon standartlari darajasida bilim beriş va munosib şart-şaroitlar yaratiş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylangan. Uşbu ezgu maqsadlarning yorqin ifodasini Amudaryo tumani misolida ham yaqqol köriş mumkin. Joriy 2025-2026 öquv yili tuman taʼlim tizimi uçun ulkan özgarişlar, yuksak marralar va esda qolarli yutuqlarga boy böldi. Tumandagi barça umumiy örta taʼlim maktablarida çalingan “Sönggi qönğiroq” sadolari nafaqat navbatdagi öquv yilining yakuni, balki yangi hayot ostonasida turgan köplab yoşlar uçun porloq kelajak sari taşlangan muhim qadamning deboçasiga aylandi.

Joriy öquv yilida Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarining 11-sinfini jami 3298 nafar öquvçi yoşlar tamomlamoqda. Şulardan 14 nafar bitiruvçi oltin hamda 5 nafar bitiruvçi kumuş medal sohibi bölişdi. 25-may kuni barça taʼlim dargohlarida “Sönggi qönğiroq” tadbirlari “Yuksak maʼrifatli avlod – Uçinçi Renessans poydevori!” degan ezgu şior ostida kötarinki ruhda ötkazildi.

Tantanali marosimlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvçilariga yöllagan bayram tabrigi öqib eşittirildi. Şuningdek, barça maktablarga tumandagi muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari taşrif buyurib, davlatimiz rahbarining tabrigini yetkazdi va yoşlarga “Oq yöl” tilab, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tuşuntirdi.

Tumandagi peşqadam taʼlim dargohlaridan bölgan 40-sonli maktabda ötkazilgan “Sönggi qönğiroq” tadbirida tuman hokimi Sobir Xöjametov iştirok etib, yoşlarni muborakbod etdi. Taʼkidlanganidek, tuman taʼlim tizimida joriy yilda erişilgan yutuqlar salmoği juda yuqori. Asosiy fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 6 nafar öquvçi sovrinli örinlarni qölga kiritib, umumjamoa hisobida Amudaryo tumani 6-örinni egalladi. “Beş taşabbus” olimpiadasi doirasidagi “Yoş kitobxon” tanlovining 10-14 yoş toifasida 20-maktab öquvçisi Şahrizoda Nurimbetova Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-örinni egallab, mamlakat bosqiçiga yöllanma oldi. Sport sohasida ham natijalar quvonarli. Futbol böyiça “Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasida 37-maktab jamoasi respublikada 1-öringa çiqib, final bosqiçiga yöl oldi. Xorijiy tillarni örganiş körsatkiçlari ham keskin oşgan bölib, ingliz tili böyiça 370 nafar, umumtaʼlim fanlari böyiça esa 1300 nafar öquvçi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega böldi. Eng eʼtiborlisi, 4 ta fandan sertifikat olib, maksimal 189 ball töplagan 41 nafar öquvçi muddatidan oldin oliy taʼlim muassasasi talabasi degan şarafli nomga sazovor böldi.

2025-yilgi investitsiya dasturi doirasida Çoyköl ovulidagi 59-maktabda loyiha qiymati 4 mlrd 687 mln sömlik 180-örinli yangi 2 qavatli bino va sport zali qurib bitkazilgan bölsa, Bözyop ovulidagi 68-maktabda 5 mlrd 950 mln söm mablağ evaziga 330-örinli 3 qavatli bino va sport zali foydalanişga topşirildi. Bundan taşqari, OPEK dasturi asosida Olmazor mahallasi hududida 120-örinli bino uçun 5 mlrd 561 mln söm, Farovon mahallasi hududida 90-örinli binoga 4 mlrd 930 mln söm, Arna böyi mahallasi hududida 150-örinli bino uçun 5 mlrd 801 mln söm va Döstlik mahallasida 240-örinli maktabgaça taʼlim taşkiloti uçun 8 mlrd 610 mln söm yönaltirildi. Umumiy qiymati 24 mlrd 902 mln sömlik 4 ta zamonaviy maktabgaça taʼlim taşkilotida quriliş işlari yakunlandi.

2026-yilgi istiqbolli rejalarga muvofiq, 30-, 39- va 65-maktablarda jami 1410-örinli binolarni rekonstruksiya qiliş işlari, 37-maktabda kapital taʼmirlaş, 32-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida 90-örinli binoni rekonstruksiya qiliş işlari boşlandi. Beştom va Oq oltin mahallalarida jami 150-örinli 2 ta yangi boğça, şuningdek xalqaro bank mablağlari hisobidan 57- va 64-maktablar hamda 17-maktabgaça taʼlim taşkilotida yangi qurilişlar jadal olib borilmoqda.

Tumandagi ilğor taʼlim muassasalaridan biri bölgan 40-sonli maktabning 11-sinfini bu yil 143 nafar, 9-sinfini esa 162 nafar öquvçi tamomlamoqda. Quvonarlisi, 13 nafar bitiruvçi 188 va 189 ball bilan allaqaçon talabalikka qabul qilingan bölsa, maktab böyiça 142 nafar öquvçi 300 ga yaqin sertifikatlarni qölga kiritgan. Maktab jamoasi “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida tumanda 1-örinni olib 100 mln söm, Qoraqalpoğiston Respublikasida 3-örinni egallab 150 mln söm yutuqqa ega böldi.

Maktabning fidoyi ustozlari ham yuqori natijalar qayd etmoqda. Huquq fani öqituvçisi Iroda Yaxşimurotova “Yilning eng yaxşi huquq fani öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1-örinni egallab, mamlakat miqyosida “Eng yaxşi taqdimot egasi” nominatsiyasiga loyiq körildi va hozirda “Yil öqituvçisi” tanlovining 3-bosqiçida iştirok etmoqda. Ona tili fani öqituvçisi Iqboloy Yusufova esa “Yilning eng yaxşi özbek tili fani öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida 1-örinni, Özbekiston Respublikasida esa 3-örinni egalladi. Matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirov va tarix fani öqituvçisi Jahongir Otanazarovlarning har birining  60 nafardan öquvçilari turli fanlar böyiça sertifikatlarni qölga kiritişgan.

Fan olimpiadalarida maktabning 12 nafar öquvçisi tuman böyiça ğolib deb topildi. Maktab qoşidagi “Turon” teatr studiyasi respublikada “Eng faol jamoa” nomini oldi. “Iqtidor maktab” ansambli tumanda 2-örinni egalladi. Taʼlim dargohi “Aʼlo maktab” loyihasida 418 ball töplab, faxrli 2-örinda bormoqda. Maktabda 31 nafar oliy toifali va 35 nafar 1-toifali öqituvçi mehnat qiladi. Ularning 8 nafari vazir jamğarmasi nomzodlari bölsa, 11 nafar öqituvçi 70 foizlik ustamaga ega. Maktab direktori Sanobar Xöjamurodova menejerlik sertifikati böyiça eng yuqori ball töplab, Malayziyada malaka oşirib qaytdi. Bunday yuqori körsatkiçlar, zamonaviy şart-şaroitlar va tinimsiz izlanişlar orqali qölga kiritilayotgan yutuqlar tuman taʼlim tizimining nurli kelajagidan dalolat beradi.

25-may kuni barça maktablarda jaranglagan sönggi qönğiroq sadolari ostida 3 ming nafardan ziyod öğil-qizlar mustaqil hayot sari yöl olgan bölsa, qolgan öquvçilar yozgi taʼtilga kuzatildi. Bitiruvçilarga nufuzli oliy öquv yurtlarining talabalari bölib, ilm çöqqilarini zabt etiş va kasb-hunar egallab, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşişdek baxt nasib qilişini tilaymiz. Ularning örnini bosib kelayotgan quyi sinflar öquvçilarining esa yozgi taʼtilni maroqli ötkazib, yangi öquv yilida yanada yuksak marralarni qölga kiritişlariga tilakdoşmiz.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda ▶ Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI 12.10.2026 YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM ▶ YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi 02.10.2026 Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi ▶ 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi 26.09.2026 Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi ▶ Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça körgazmali seminar ötkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça körgazmali seminar ötkazildi 24.09.2026