BUNDA ALPLAR KAMOL TOPADI
Mustaqillik yillarida muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hayotimizning barça jabhalarini, şuningdek sport sohasini tubdan isloh qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Jumladan, Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mamlakatimizda sport harakatini yanada kengaytirişda, jismonan soğlom va maʼnan barkamol avlodni tarbiyalaşda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2002-yilning 24-oktyabridagi "Özbekiston Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasini tuziş töğrisida”gi va 2004-yilning 29-avgustidagi "Özbekiston Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonlari mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantiriş borasida muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasining samarali faoliyati natijasida Vatanimizning eng çekka hududlarida ham yoşlar sport bilan muntazam şuğullaniş imkoniyatiga ega bölmoqdalar. Buning uçun esa mamlakatimizda barça şaroitlar yaratilgan. Qişloq joylarida köplab zamonaviy sport inşootlari barpo etilib, ular zamonaviy sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda bunday imkoniyatlardan samarali foydalanişni taşkil etiş maqsadida keng kölamli işlar olib borilayapti. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Joriy yilning 5-sentyabridan kuçga kirgan Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Jismoniy tarbiya va sport töğrisida”gi Qonuni bu fikrimizning yorqin ifodasidir.
Uşbu Qonunning 4-bobi, 29-moddasida: "taʼlim oluvçilarni jismoniy tarbiya va sport maşğulotlariga jalb etiş uçun şart-şaroitlar yaratiş, şu jumladan yoşlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligi böyiça tadbirlar majmuini ötkaziş uçun sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlaş” vazifasi aniq belgilab qöyildi.
Ayni kunda bizning tumanimizda Yurtboşimiz Islom Karimov va hukumatimiz tomonidan yoş avlodning jismonan baquvvat bölib ösişlari uçun körsatilayotgan ğamxörliklarga javoban keng kölamli işlar amalga oşirilayotir. Tumanimizdagi mavjud 3 ta Bolalar va ösmirlar sport maktablarida, umumtaʼlim maktablari qoşida qurilgan 54 ta sport inşootlarida, şuningdek Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qoşidagi mavjud 10 ta sport zallarida 20 mingdan ziyod öquvçi-yoşlar sportning 16 ta turi böyiça şuğullanib, özlarining qobiliyat va isteʼdodlarini töla namoyon etiş uçun harakat qilmoqdalar.
Manğit şahridagi 2-sonli BÖSMda Bolalar sportini rivojlantiriş, yoşlarning, ayniqsa maktab öquvçilarining sportga bölgan qiziqişlarini oşiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

1994-yilda taşkil topgan 2-sonli BÖSM Manğit şahridagi markaziy öyingoh binosiga joylaştirilgan edi. Keyinçalik uşbu maktab binosini taʼmirlaş maqsadida Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan 773,5 million söm pul mablaği ajratildi va rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi.
Hozirgi paytda barça şaroitlar mavjud bölgan uşbu Bolalar va ösmirlar sport maktabida sportning 7 ta turi böyiça 14 nafar tajribali murabbiylar tomonidan maşğulotlar ötkazilmoqda.
- Bolalarda sportning özlari tanlagan turiga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişda, ularda maşğulotlarga bölgan könikmalarni şakllantirişda murabbiylarning tajribasi va mahorati katta ahamiyatga ega, - deydi biz bilan suhbatda 2-sonli BÖSM direktori Çorşam Tojimurodov. – Şu boisdan ham bizning maktabimizda barça sport murabbiylari oldiga qöyiladigan talablar katta.
Maktabimizda bolalarga sportning sir-asrorlarini örgatayotgan 14 nafar murabbiylarimizdan 8 nafari oliy jismoniy tarbiya va sport maʼlumotiga, 6 nafari esa örta maxsus jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega.
Biz Tozaboy Matçonov, Pölat Kumekov, Sarvar Davletov, Hamid Qurboniyozov, Rahmatjon Raximov va Rahimjon Qöşayevlar kabi tajribali va jonkuyar murabbiylarimiz bilan har qança faxrlansak arziydi. Çunki ular öz şogirdlariga sport sirlarini örgatişda jonkuyarlik namunalarini körsatmoqdalar.
Maktab direktorining sport murabbiylari haqida faxrlanib gapirişida jon bor. Haqiqatan ham murabbiylarning sidqidildan qilgan mehnatlari ayni kunda öz samarasini berayapti.
Ötgan yilning oxirida dzyu-do kuraşi böyiça ötkazilgan "Umid nihollari - 2015” sport musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi 3-bosqiçida Pölat Kumekov murabbiyligida şuğullanayotgan Maʼrufjon Komilov 55 kg. vaznda, Tozaboy Matçonov murabbiyligida şuğullanayotgan Muhiddin Madiyorov 66 kg. vazn toifasida ğoliblikni qölga qiritib, Qoraqalpoğiston Respublikasi terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi va Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligining maxsus sertifikatini olişga, bu bilan esa musobaqaning final öyinlarida iştirok etiş huquqini qölga kiritişga muvaffaq böldilar.
Joriy yilning 11-12-aprel kunlarida kuraş böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida Zokir Rajabov 55 kg. vazn toifasida 1-örinni egalladi. Dzyu-do kuraşi böyiça 25-26-aprel kunlarida ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida Javohir Yöldoşev 73 kg. vaznda 1-örinni, kuraş böyiça 30-31-may kunlari Qoraözak tumanida ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatida Xursandbek Jölliboyev 46 kg. vazn toifasida 1-örinni egalladilar.
2-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabida şuğullanayotgan yoş sportçilar tomonidan qölga kiritilayotgan yutuqlar tobora köpayib borayapti.
"Yoz – 2015” sport musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi final bosqiçida maktab jamoasi dzyu-do va şaxmat öyinlari böyiça faxrli ikkinçi örinni egalladi. Şuningdek, sport maktabi şuğullanuvçilaridan 50 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasi va 30 nafari Özbekiston Respublikasi çempionatlarida, kuboklarida va turnirlarida faol iştirok etdilar.
Mazkur öquv yilida Olimpiada öyinlari dasturiga kiritilgan taekvondo – WTF va oğir atletika turlaridan guruhlar taşkil qilinib, ular öz faoliyatini boşladilar. Taekvondo - WTF böyiça Urgançdagi Olimpiya zaxiralari kollejini bitkazib kelgan murabbiy Oybek Abdullayev 19-sonli maktabda, Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini bitkazgan Anvar Boboniyozov oğir atletika böyiça 21-sonli maktabda öquvçilarga sport sirlarini örgatmoqdalar.
2-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabining murabbiylar va yoş sportçilar jamoasi şu maktabdan yetişib çiqqan Feruza Haytimbetova, Zulhijja Xudoyorova, Elyor Maşaripov, Şarofiddin Boltaboyev va Umida Matyoqubova singari maşhur sportçilar bilan haqli ravişda faxrlanadilar. Çunki Elyor Maşaripov dzyu-do kuraşi böyiça Yevropa oçiq çempionatida faxrli birinçi örinni, Şarofiddin Boltaboyev Osiyo çempionatida faxrli ikkinçi örinni, Yevropa oçiq çempionatida esa faxrli uçinçi örinni, Umida Matyoqubova kuraş böyiça Osiyo öyinlarida uçinçi örinni egallaşga muvaffaq bölgan edilar. Feruza Haytimbetova va Zulhijja Xudoyorovalar jahon çempionlari, xalqaro toifadagi sport ustalari hisoblanadilar.
Hozirgi kunda 2-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabida şuğullangan 10 nafardan ziyod yoş sportçilar Toşkent, Çirçiq, Urganç va Nukus şaharlaridagi Olimpiya sport kollejlarida taʼlim-tarbiya olmoqdalar.
Biz söz yuritayotgan 2-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabida ustoz va şogird örtasidagi bir-birovga bölgan qatʼiy işonç va hurmat tobora mustahkamlanib borayapti. Şu boisdan ham ustozni eşitsangiz, şogirdi haqida faxrlanib gapiradi, şogirdga söz bersangiz, ustozini maqtaydi. Eʼtibor bering:
- Dzyu-do kuraşiga kiçkinalik paytimdan qiziqaman, - deydi yoş sportçi Maʼrufjon Komilov. – Mendagi sportning bu turiga bölgan qiziqişimni oşirişda ustozim Pölat Kumekovning xizmatlari katta böldi. Murabbiyimning talabçanligi, sportda şoşma-şoşarlikka yöl qöymaslik, bosiq, sabr-toqatli böliş yuzasidan bergan nasihatlari mening köpgina musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritişimga asos bölmoqda. Şu boisdan ham köpgina bellaşuvlarda öz vazn toifamda ğoliblik şohsupasiga kötarildim, sovrinli örinlarni qölga kiritdim.
- Şogirdlarim orasida özgaça qobiliyatli yoşlar ançagina, - deydi murabbiy Tozaboy Matçonov. - Şulardan biri – Muhiddin Madiyorov dzyu-do kuraşi böyiça bir qança bellaşuvlarda ğoliblikni qölga kiritib, mening işonçimni oqlab kelayapti. Şogirdlarim orasida uning qobiliyati özgaça. Maşğulotlarga öz vaqtida keladi, körsatilgan uslublarni bekam-u köst bajaradi, öz kamçiliklari ustida qunt bilan işlaydi. Kelajakda undan umidimiz katta.
Biz 2-sonli Bolalar va ösmirlar sport maktabida bolalar sportini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar bilan tanişar ekanmiz, bu yerda öz oldilariga kelajakda haqiqiy sportçi bölib, Vatanimiz bayroğini jahon arenalarida baland kötarişni maqsad qilib qöygan yoşlarni, ularning öz maqsadlari sari intilişlarini körib, benihoya quvondik. Bir söz bilan aytganda, bu yerda haqiqatan ham zamonamiz alplarining – bahodir va pahlavonlarining kamol topayotganiga işonç hosil qildik.
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri.
M.ŞOMURODOV olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶