Oila — jamiyatning mustahkam tayançi, inson kamolotining bebaho maskani
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida tantanali bayram tadbiri bölib ötdi. Uşbu qutluğ sana nafaqat oilaning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş, balki mehr-oqibat, sadoqat va milliy qadriyatlarimiz uluğlangan ayyomga aylandi.
Tadbirda tuman nuroniylari, uzoq yillar davomida ahil va namunali hayot keçirib kelayotgan ibratli oilalar, mahalla faollari, xotin-qizlar, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Bayram davomida oilaviy qadriyatlarni asraş, farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, mahallalarda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş kabi masalalar xususida samimiy suhbatlar bölib ötdi.
Tadbirni Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Fahriddin Yusupov oçib berdi. U öz nutqida oila inson hayotidagi eng muqaddas maskan, jamiyatning eng mustahkam böğini ekanini alohida taʼkidladi. Zero, insonning maʼnaviy qiyofasi, hayotga bölgan munosabati, vatanparvarlik tuyğusi avvalo oilada şakllanadi. Mehr-muhabbat, hurmat, oqibat va tarbiya hukm surgan xonadonda ulğaygan farzand esa kelajakda jamiyatning munosib vakili bölib voyaga yetadi.
Taʼkidlanganidek, oila — bu ijtimoiy barqarorlikning eng muhim kafolatidir. Mustahkam oilalarda ulğaygan farzandlar hayotda öz yölini topgan, maqsadli, bilimli, vatanparvar va maʼnaviy barkamol insonlar bölib voyaga yetadi. Bunday yoşlar esa jamiyatning ilmiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotiga munosib hissa qöşadi. Çunki har qanday buyuk jamiyatning ildizi avvalo soğlom va ahil oilalarga borib taqaladi.
Bayram tadbiri Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentyabrdagi 437-sonli qaroriga muvofiq taʼsis etilgan “Ibratli oila” kökrak nişonini topşiriş marosimi bilan davom etdi. Amudaryo tumanidan munosib deb topilgan 9 ta namunali oilaga mukofotlar tantanali ravişda topşirildi.
Mazkur oilalar uzoq yillik ahil turmuşi, farzand tarbiyasidagi ibratli faoliyati, mahalladagi faolligi, qöni-qöşniçilik munosabatlaridagi samimiyligi hamda yoş oilalarga namuna bölib kelayotgani bilan alohida eʼtirof etildi. Ularga kökrak nişonlari bilan birga esdalik sovğalari topşirilib, jamiyat ravnaqiga qöşayotgan hissasi uçun minnatdorlik bildirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda oilani qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlar va yoşlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qiliş, soğlom va mustahkam oilalarni şakllantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, farzand tarbiyasida ota-onalarning masʼuliyatini oşiriş, oilalarda maʼnaviy muhitni mustahkamlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Oila institutini yanada mustahkamlaşga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy dasturlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tarğibot va uçraşuvlar jamiyat taraqqiyoti, yurt tinçligi hamda xalq farovonligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Çunki mustahkam oila — tinç va farovon jamiyatning tayançidir. Oiladagi ahillik va totuvlik mahalla osoyiştaligini, mahalla osoyiştaligi esa yurt taraqqiyotini taʼminlaydi.
Darhaqiqat, oilani mustahkam qiladigan eng katta kuç — bu özaro hurmat, işonç va mehrdir. Mehrga asoslangan xonadonda tarbiya topgan farzandning qalbida Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat tuyğusi kamol topadi. Şu bois ham “Oila tinç — yurt tinç” degan hikmat bugun ham öz ahamiyatini yöqotmagan.
Tadbir davomida yangragan kuy-qöşiqlar, ijro etilgan dilbar raqslar va madaniy çiqişlar bayramga yanada fayz va kötarinki ruh bağişladi. Ayniqsa, oilaviy qadriyatlarni madh etuvçi sahna körinişlari yiğilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Xalqaro oila kuni munosabati bilan taşkil etilgan uşbu tadbir barçaga bir haqiqatni yana bir bor eslatdi: oila — insonning eng katta boyligi, hayotining suyançi va kelajak poydevoridir. Jamiyat taraqqiyoti, yurt tinçligi va millat ravnaqi ham avvalo soğlom, maʼnaviy barkamol va ahil oilalardan boşlanadi. Şunday ekan, oiladagi mehr-oqibatni asraş, farzandlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş har birimizning şarafli va muqaddas burçimizdir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶