HISOBOTLARNI ELEKTRON TARTIBDA TOPŞIRIŞ tizimining afzalliklari
Prezidentimizning 2012-yil 16-iyuldagi PK-4453-sonli qaroriga asosan bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik ğovlarni bartaraf etiş, litsenziya va ruxsat beriş tartib-taomillarini qisqartiriş hamda soddalaştiriş, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etiş tartibini tubdan takomillaştiriş hisobiga işbilarmonlik muhitini tubdan yaxşilaş, tadbirkorlik faoliyati uçun maksimal darajada qulay şart-şaroitlarni vujudga keltiriş maqsadida 2014-yilning oxiriga qadar barça tadbirkorlik statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topşirişning elektron tizimiga töla hajmda bosqiçma-bosqiç ötkazilişini, şuningdek, 2012-2016-yillar mobaynida ariza beruvçilarga arizalarning ötiş jarayonini interaktiv kuzatiş imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni oliş uçun internet tarmoği orqali arizalarni berişning elektron şakllari joriy etilişi belgilab berilgan.
Bugungi kunda Amudaryo tumanida soliq tölovçilar Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining interaktiv xizmatlaridan samarali foydalanmoqdalar, ular soliq va moliyaviy hisobotlarini öz ofislarida ötirgan holda Davlat soliq inspektsiyasiga taşrif buyurmasdan elektron tarzda taqdim etmoqdalar. Bu esa soliq tölovçilar vaqtlari va xarajatlarini tejab, tadbirkorlik faoliyatlariga ijobiy taʼsirini körsatmoqda.
Soliq hisobotlarini elektron tartibda topşiriş böyiça Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi binosida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi Qoraqalpoğiston bölinmasining hisobotlarni elektron tartibda topşiriş va boşqada xizmatlar körsatiş şoxobçasi, şuningdek, Soliq inspektsiyasi binosi yonida soliq tölovçilarga xizmat körsatiş böyiça xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Moliyaviy va soliq hisobotlarni elektron körinişda qabul qiliş va qayta işlaş tizimi Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi www.soliq.uz amaldagi axborot portalida taşkil etilgan va unda moliyaviy va soliq hisobotlarni elektron körinişda şakllantiriş dasturiy vositalar hamda kanallar joylaştirilgan.Tizim WEB texnologiyasidan foydalangan holda joriy etilgan. Elektron soliq hisobotlarni şakllantiriş soliq tölovçilar xohişiga köra ikki usulda: hisobot.soliq.uz yoki e-hisobot.uz sayti orqali «Soliq tölovçining kabineti» bevosita şakllantiriladi. Bu usulda elektron soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar Davlat soliq qömitasi serveriga kelib tuşadi.
-avtonom rejimda EREPORTS V3.0 dasturiy mahsulidan foydalanilgan
holda elektron soliq hisobotlarini jönatiş dasturiy mahsul vositasi
orqali yoki elektron poçta orqali amalga oşiriladi. Internet provayderi
uçun tölangan tölovlardan taşqari, soliq hisobotlarini elektron körinişda
şakllantiriş va jönatiş şu jumladan, EREPORTS V3.0 dasturiy maxsulni tarqatiş
xizmatlari tekin amalga oşiriladi.
Soliq hisobotini elektron körinişda taqdim
etişga
soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud bölganda,
elektron körinişdagi soliq hisobotlarida elektron raqamli imzo mavjud bölganda
xamda soliq
hisobotidagi maʼlumotlarda xatoliklar mavjud bölmaganda ruxsat beriladi. Soliq
tölovçilar soliq hisobotini elektron körinişda taqdim etganda davlat soliq
xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotining avtomatik
tarzda qabul qilinişini yoki soliq hisoboti notöğri tuzilganligi yoki unda
xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilişini taʼminlaydi.
Soliq hisobotining notöğri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytirilgan holatda soliq organlari soliq tölovçiga bu haqda elektron körinişda xabar beradi. Soliq tölovçilar belgilangan tartibda soliq hisobotini elektron körinişda taqdim etganda, soliq tölovçi va davlat soliq xizmati organlari qonunçilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron körinişda saqlanişini taʼminlaydilar.
Elektron körinişdagi soliq hisoboti jönatuvçisining elektron manzilidan jönatiş sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib oluvçisining elektron manzilidan qabul kilib olinganligi töğrisida tasdiqnoma kelganda soliq hisobotini taqdim etiş sanasi va vaqti hisoblanadi.
Elektron körinişdagi soliq hisobotini qabul qilib oluvçisining elektron manziliga soliq hisoboti kelib tuşgan sana va vaqt elektron körinişdagi soliq hisoboti qabul qilib olingan sana va vaqt hisoblanadi.
Elektron körinişdagi soliq hisobotini jönatiş va qabul qilib oliş sanasi va vaqti Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining dasturiy-apparat vositalari orqali avtomatik tarzda qayd qilinadi.Soliq hisobotini elektron körinişda taqdim etuvçi soliq tölovçi soliq hisobotidagi maʼlumotlarning öz vaqtida, töla va işonçli taqdim etilişiga javobgar hisoblanadi.
Soliq hisobotini qabul qiluvçi va unga işlov beruvçi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor şaxslari keyingi foydalaniş uçun qabul qilinib olinayotgan axborotga öz vaqtida işlov berilişiga şaxsan javobgardirlar.
tuman DSI Kameral nazorat şöʼbasi boşliği.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶