15-maydan uy-joy oliş uçun subsidiyaga arizalar qabul qiliş boşlandi. Xöş, subsidiya oliş uçun ariza topşiriş tartibi qanday?
Ariza beruvçi ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun istalgan tuman (şahar) davlat xizmatlari markaziga özi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi örinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalaniş uçun röyxatdan ötadi.
Zarur hollarda ayrim toifadagi şaxslar (Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya va boşqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatçilaridan taşqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatçilar tomonidan oylik daromadlari töğrisidagi maʼlumotnoma Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tuman (şahar) davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etiladi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş töğrisidagi arizani uning oila aʼzolari notarial tartibda tasdiqlangan işonçnoma asosida berişi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali körsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegişli taşkilotlarga sörov yuboriş orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritiş tölovlarsiz (bepul) amalga oşiriladi.
Ariza beruvçi tomonidan ipoteka kreditlari böyiça subsidiya oliş uçun ariza yil davomida topşirilişi mumkin.
Ariza beruvçi tuman (şahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada körsatilgan maʼlumotlarning işonçliligi va haqqoniyligi uçun javob beradi.
YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvçi anketa-arizaga asosan zarur bölgan maʼlumotlarni özi kiritadi.
Subsidiya quyidagiça ajratiladi:
a) kvartiralarni sotib oliş uçun:
boşlanğiç badalning bir qismini tölaş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun boşlanğiç badal subsidiyasining har yil uçun qatʼiy belgilangan miqdorida va birinçi beş yil davomida ipoteka krediti böyiça foiz tölovlari bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun 10 foizlik punktdan oşgan qismiga tölanadi;
b) yakka tartibdagi uy-joylarni quriş va rekonstruktsiya qiliş uçun ajratilgan ipoteka kreditlarining birinçi beş yil davomida foizlarini qoplaş uçun — Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarida 10 foizlik punktdan oşgan qismiga tölanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶