12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:18
Salomatlik 👁 4,223

ÖTKIR YuQUMLI IÇAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!

 ÖTKIR YuQUMLI IÇAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!

Ötkir yuqumli içak kasalliklari mavsumiy kasalliklar hisoblanib, asosan yilning yoz va kuz fasllarida köproq uçraydi, çunki bu fasllarda kasallikning yuqiş omillari faollaşadi.

Ötkir yuqumli içak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, içburuğ, virusli gepatitning "A” turi va boşqa bir qator kasalliklar kiradi.

Bu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qözğatib, bemor va bakteriya taşuvçi odamlar kasallik qözğatuvçilarining manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qözğatuvçilarini asosan özlarining najasi orqali taşqi muhitga çiqaradi va atrof-muhitni şu kasallik qözğatuvçilari bilan ifloslantiradi.

Ötkir yuqumli içak kasalliklari qözğatuvçilarining barçasi taşqi muhitga ança çidamli böladi. Masalan, qorin tifi qözğatuvçisi oqar suvda, sabzavot va mevalarda 5-10 kun, kölmak suvda 1 oygaça, non va non mahsulotlari yuzasida bir neça kun davomida tirik saqlansa, vabo qözğatuvçilari oqar suvda 18 kundan 5 oygaça saqlanadi. Vabo qözğatuvçisi suvda va salmonellyoz qözğatuvçilari oziq-ovqat mahsulotlarida qulay şaroitda hattoki köpayişi ham mumkin.

Ötkir yuqumli içak kasalliklarning yuqiş yöllari bir-biriga öxşaş bölsa-da, ularning har birining yetakçi yuqiş omili bor. Masalan, qorin tifi va vabo kasalliklarida yetakçi yuqiş omili suv hisoblansa, salmonellyoz kasalliklarida oziq-ovqat mahsulotlari yetakçi yuqiş omili hisoblanadi.

Bu guruh yuqumli kasalliklar maişiy – muloqot yöli bilan ham yuqadi.

Yilning issiq kunlarida aholi, ayniqsa, bolalar örtasida ötkir yuqumli içak kasalliklari tez-tez uçrab turadi.

Yoz oylarida ötkir yuqumli içak kasalliklari omillari faollaşadi. Aholi köproq suv, har xil çanqoqbosdi içimliklar içiş, meva-sabzavotlar, kökatlar isteʼmol qiliş hamda kasallik qözğatuvçilari bilan ifloslangan oçiq suv havzalarida çömiliş jarayonlarida ötkir yuqumli kasalliklarni yuqtirib olişi  mumkin.

Kasallik qözğatuvçilarining odam organizmiga tuşib, toki kasallikning ilk alomatlari paydo bölguniga qadar maʼlum bir vaqt ötadi. Ötkir yuqumli içak kasalliklarida yaşirin davr bir neça soatdan 21 kungaça davom etadi.

Kasallikka çalingan bemorlarda holsizlik, köngil aynişi, qusiş, içning suyuq ketişi, tana haroratining kötarilişi kabi alomatlar kuzatiladi.

Bemorlarga öz vaqtida tegişli tibbiy yordam körsatilmasa, bu kasalliklar özidan bir qança asoratlar qoldirişi mumkin. Bularga içaklar faoliyatining buzilişi, içakdagi yaralardan qon ketişi, içak devorlarining teşilişi, ötkir buyrak yetişmovçiligi misol böla oladi.

Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, xonadonlarda, jamoat joylarida tozalik va obodonlaştiriş işlarini muntazam amalga oşiriş, umumiy ovqatlaniş, oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş va ularning savdosi bilan şuğullanadigan korxonalarda sanitariya talablariga  rioya qiliş hamda aholining tibbiy-sanitariya madaniyatini oşiriş bu kabi kasalliklarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega.

Tirnoqlarni öz vaqtida oliş, qöllarning tozaligiga doimo rioya qiliş, oilada har kim öz soçiğidan, töy-maʼrakalarda şaxsiy qöl römolçadan foydalaniş ham bu borada muhim rol öynaydi.

Ob-havoning isib ketişi natijasida odamlarning içimlik suvga bölgan ehtiyoji ham ortadi. Bundan taşqari, bolalar ariqlarga, kanallarga, hovuzlarga çömilişga oşiqişadi.  Şu sababli kunning issiq paytlari bolalarning nazoratsiz köçaga çiqişlariga, töğri kelgan joylarda çömilişlariga yöl qöymaslik kerak.

Bundan taşqari, dehqon bozorlarida, köçalarda sifati kafolatlanmagan, qölda (uy şaroitida) tayyorlangan salqin içimliklar, şarbatlar, ayron va boşqa içimliklarni isteʼmol qiliş ham ötkir yuqumli içak kasalliklarining kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin.

Ötkir yuqumli içak kasalliklari asosan 3 yoşgaça bölgan bolalar örtasida uçraşini inobatga olib, bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi ota-onalarga quyidagilar tavsiya qilinadi:

- bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi şaxslar muntazam ravişda pediatr vraçlardan bolalar parvarişi böyiça maslahatlar olişi;

- bolalar parvarişi bilan şuğullanuvçi şaxslar şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilişi, bolalarga nisbatan ham şu talabni qöllaşi;

- bolalarga sovutkiçda uzoq muddat saqlangan taomlarni yedirmasligi, ularni töğri kelgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ovqatlantirmasligi;

- har qanday kişiga bolani ovqatlantirişga ruxsat bermasligi;

- köçadan uyga kirganda, ovqatlanişdan oldin, bolaga ovqat tayyorlaşdan oldin va uni ovqatlantirişdan avval qöllarini sovunlab yuvişi;

- bolalar qöllari va oğizlarini umumiy foydalanilgan soçiqlar bilan artmasligi;

- oziq-ovqat mahsulotlarini paşşa, suvarak va boşqa böğimoyoqlilardan asraşi;

bolalarning barmoğini sörişiga yöl qöymasligi;

- bozorlarda va köçalarda sotilayotgan meva-sabzavotlarni oqar suvda yuvmasdan taʼtib körmasligi;

- bolalarning nazoratsiz köçaga çiqişlariga, töğri kelgan joylarda çömilişlariga yöl qöymasligi kerak.

Mutaxassislar va olimlarning taʼkidlaşiça, salomatlikni asraş 18 foiz irsiy omillarga, 17 foiz atrof-muhit omillariga, 10 foiz tibbiy xizmatga, 55 foiz soğlom turmuş tarziga boğliq.

Demak, soğlom turmuş tarzini bolalikdan şakllantirib boriş barça kasalliklarning oldini olişning boş mezonidir.

 

Töramurod BOBONIYoZOV, tuman DSENM boş vraçi, xalq deputatlari  tuman Kengaşi deputati.

(Foto - http://soglom.uz)
🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026