Leyşmanioz – xavfli yuqumli kasallik
Leyşmanioz – odam va hayvonlarda uçraydigan yuqumli kasallik bölib, uni bir hujayrali parazitlar – leyşmaniyalar keltirib çiqaradi. Kasallikning asosiy tarqatuvçilari ignali çivinlar (iskabtoparlar) bölib, ular kasallangan odam yoki hayvon qonini sörib, infektsiyani soğlom organizmga yuqtiradi. Leyşmanioz içki organlar va teri şakllarida keçib, oğir asoratlarga sabab bölişi mumkin.
Içki organlarni zararlovçi şaklida leyşmaniyalar jigar, taloq va limfa tugunlariga joylaşib, kasallik köpinça 1-5 yoşli bolalarda kuzatiladi. Harorat 39-40 darajagaça kötariladi, teri oqaradi, limfa tugunlari şişadi va bemor holsizlanadi. Davolanmasa, organizm jiddiy intoksikatsiyalanib, xavfli asoratlar rivojlanişi mumkin. Teri leyşmaniozi esa çivin çaqqan joyda yara paydo bölişi bilan boşlanadi. Inkubatsion davri 1-4 hafta davom etadi, baʼzan 1,5-2 oyga çöziladi. Yaralar uzoq vaqt bitmaydi va çuqur çandiq qoldiradi. Odatda, bir marta kasallangan insonda mustahkam immunitet şakllanadi.
Kasallikning keng tarqalişiga bir qança omillar sabab böladi. Ignali çivinlar asosan yoz va kuz faslida faollaşib, axlatxonalar, daraxt kovaklari, pol osti va çöl hududlarda köpayişi mumkin. Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi, çiqindilarning töplanişi va iflos muhit çivinlar sonining ortişiga olib keladi. Şuningdek, daydi itlar, böri va tulkilar ham infektsiya manbai bölib, ular çivinlar orqali virusni tarqatiş ehtimoli yuqori.
Leyşmaniozdan himoyalaniş uçun bir qator profilaktik çoralar köriş zarur. Çivinlarga qarşi kuraşiş maqsadida derazalarga himoya torlari örnatiş, insektitsid vositalardan foydalaniş va çivinlar köpayadigan joylarni dezinsektsiya qiliş muhim. Sanitariya va gigiyena talablariga rioya etiş – çiqindilarni öz vaqtida yöq qiliş, hovli va köçalarni toza saqlaş, aholi yaşaydigan hududlarni dezinsektsiya qiliş kasallik xavfini kamaytiradi. Şuningdek, şaxsiy himoya çoralariga amal qiliş – çivin çaqişiga qarşi sprey va malhamlardan foydalaniş, keçqurun tanani yopiq kiyimlar bilan himoyalaş samarali hisoblanadi.
Kasallangan hayvonlarni nazorat qiliş ham muhim. Daydi it va muşuklarni veterinariya tekşiruvidan ötkaziş, leyşmanioz taşuvçisi bölişi mumkin bölgan hayvonlarni nazorat ostiga oliş infektsiya tarqalişining oldini olişga yordam beradi.
Leyşmanioz öz vaqtida taşxislanmasa, oğir asoratlarga olib kelişi mumkin. Şuning uçun yuqtiriş xavfi mavjud hududlarda ehtiyotkorlik çoralariga qatʼiy rioya qiliş talab etiladi. Agar çivin çaqqan joyda yara paydo bölsa, zudlik bilan şifokorga murojaat qiliş lozim.
T. Atamuratov, Amudaryo tumani SEO va JSB Parazitologiya bölimi mudiri.
A.Allayarov, entomolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶