KASALLIKNING OLDINI OLIŞ MUMKIN
Diareya – bu defekatsiyaning köpayişi va buning natijasida najas konsistentsiyaning suyuqlaşuvidir. Odatda içning sutkasiga (köpçilik hollarda ertalab) bir marotaba kelişi meʼyor hisoblansa ham, doimo bunday bölavermaydi. Defekatsiyaga har xil omillar taʼsir etişi mumkin, yaʼni insonning yoşi, fiziologik holatlar, isteʼmol qilayotgan ozuqa mahsulotlari, ijtimoiy va madaniy omillar.
Diareya sindromi bilan boşlanuvçi kasalliklardan biri - botulizmdir. Botulizm kasalligi oxirgi yillarda köpayib borişi kuzatilmoqda. Bunga sabab uy şaroitida ozuqa mahsulotlari tayyorlaşda, mahsulotlarni konservalaşda yöl qöyilayotgan xatoliklardir. Botulizm kasalligi 15-80 foiz hollarda ölim bilan tugallanişi mumkin.
Soğlom odamda iç meʼyorda sutkasiga 3 marotabadan haftasiga 3 marotabagaça kelişi mumkin. Najas miqdorining konsistentsiyasi özgarişi, hamda unda qon va hazm bölmagan ovqat qoldiqlarining bölişi kasallik belgisi hisoblanadi.
Demak, diareya – bu kuniga içakning bir yoki bir neça bor suyuq massali najasdan böşanişidir. Ösimlik tolalari köp bölgan ozuqa mahsulotlarini köplab isteʼmol qiluvçilarda najas miqdori köp bölişi mumkin.
Bilamizki, odam organizmining meʼyorda faoliyat körsatişi uçun aʼzolardagi mikroorganizmlar muayyan muvozanatda bölişi zarur. Ular muvozanatining buzilişi butun organizmning disgormoniyasiga olib keladi. Masalan, oşqozon-içak sistemasining qismlariga boğliq bölgan holda har ikki mikrofloralar rivojlanadi (oğiz böşliğidan tortib to sigmasimon, töğri içakkaça). Bu mikrofloralar ovqat hazm qilişda, immunologik jarayonlarda, vitaminlar sintezida iştirok etadilar. Har xil salbiy omillar taʼsiri hisobiga normal mikrofloralarning faoliyati buziladi va oşqozon-içak sistemasining ham buzilişi – disbakterioz kelib çiqadi.
Disbakteriozning rivojlanişi nafaqat asosiy kasallikni, hattoki yondoş kasalliklarning ham klinik keçişini özgartirib yuboradi.
Disbakteriozga olib
keluvçi
sabablar
esa fermentativ etiş-movçiliklar, oç qoliş, notöğri ovqatlaniş, avitaminoz,
gormonal terapiya, allergik holatlar, ximiopreparat va antibiotiklar qabul
qiliş, immun tizimi faolligi susayişi, gijja invaziyalari, öt yöllari
diskineziyasi, surunkali pankreatit, içakda uzoq davom etuvçi yalliğlaniş
jarayonlari va hokazolar.
Disbakteriozda infektsion jarayon generallaşgan şaklda bölganda köngil aynişi, qusiş, yuqori harorat, iç tez-tez, şilliqli, gohida qonli kelişi bilan keçadi. Içakda köplab gazning töplanişi hisobiga qorinda kuçli oğriq paydo böladi. Diareya sindromi bilan keçuvçi boşqa kasalliklarning disbakteriozli diareyadan farqi intoksikatsiya belgisining tez rivojlanişidir, disbakteriozda esa jarayon yaşirin keçib, asta-sekin rivojlanadi. Hatto maqsadga yönaltirilgan davo çoralari körilganda ham disbakteriozda jarayon sekin va uzoq rivojlanadi.
Xulosa qilib aytganda, diareya bilan keçuvçi ötkir içak kasalliklarining oldini oliş eng muhim omil hisoblanadi. Bunday çora-tadbirlarga içimlik suvlarini qaynatib içiş, meva va sabzavotlarni yaxşilab yuvgan holda isteʼmol qiliş, konservalaşda sterilizatsiya qoidalariga qatʼiy amal qiliş, şaxsiy gigienaga rioya qiliş va albatta diareya sindromi vujudga kelganda iloji boriça zudlik bilan şifokorga uçraşiş darkor. Çunki kasallikka qançalik erta taşhis qöyilib davolaş çoralari boşlansa, kasallikdan tuzaliş holati şunça tez va samarali böladi.
Şahlo MADAMINOVA, tuman köp tarmoqli poliklinikasi şifokori.
(Foto - http://www.med.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶