Davlat boşqaruvida vakillik organlari roli oşib bormoqda
Mamlakatimizda "Inson qadri uçun" tamoyilini amalga oşiriş, xalq bilan davlat idoralari örtasidagi byurokratik tösiqlarga batamom barham beriş, xalq hokimiyatçiligini tölaqonli röyobga çiqarişga qaratilgan keng kölamli islohotlar zamirida aholi farovonligi, hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaşdek ezgu maqsadlar mujassam. Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantiriş Kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi PF-98-sonli Farmoni mazmun-mohiyatida ham hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi hayotiga doir dolzarb masalalarni hal etiş borasida xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarining vakolatlarini yanada takomillaştiriş orqali xalqning turmuş farovonligini yuksaltiriş nazarda tutilgan.
Uşbu Farmon bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga köra, mahalliy Kengaş raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilişi belgilanganidan kelib çiqib, endilikda "Kuçli Kengaş, hisobdor va taşabbuskor hokim" tamoyilini röyobga çiqariş orqali davlat va xalq hayotining muhim masalalarini hal etişda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oşiriş böyiça keng qamrovli vazifalar belgilab berildi. Xususan, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq vakillari oldidagi doimiy hisobdorligini oşiriş, fuqarolarning mahalliy boşqaruvda keng iştirok etiş jarayonlarini mustahkamlaş, bunda hududiy boşqaruvni "Aholi manfaatlariga xizmat qiliş" tamoyili asosida nomarkazlaştiriş hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vazifalarini aniq belgilaş, hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaş va ularni amalga oşiriş mexanizmlarini joriy etiş orqali mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantiriş Kontseptsiyasini amalga oşiriş böyiça "Yöl xaritasi" işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Kontseptsiyada belgilangan "Yöl xaritasi"ga köra, endilikda köçmas mulkdan foydalanganlik uçun ijara tölovining eng kam stavkalarini belgilaş, dafn etiş joylarini saqlaş qoidalarini va dafn qiliş xizmatlarini körsatiş böyiça taʼriflar miqdorini tasdiqlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj, iş topişda qiynalayotgan şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zahiraga qöyiş, yöllarning ayrim qismlarida harakat tezligini oşirişga yoki kamaytirişga doir tegişli yöl belgilarni örnatişga ruxsat beriş vakolatlari Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga ötkazilmoqda.
Bundan taşqari, byudjet loyihasini işlab çiqişda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengaş deputatlari taşabbusi asosida şakllantiriş amaliyoti yölga qöyiladigan böldi. Bu esa mahalliy byudjet mablağlarining maqsadli taqsimlanişini taʼminlaş imkonini beradi. Şuningdek, Kontseptsiya bilan jamoatçilik asosida mahalliy Kengaşlar qoşida Yoşlar guruhlari hamda el içida yuksak obrö-eʼtiborli NNTlar, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat jamoatçilik asosida faoliyat yuritadigan Maslahat guruhlarining taşkil etilişi belgilangan. Yana bir muhim tomoni mahalliy Kengaşlar kotibiyatlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida Xalq deputatlari Kengaşlarida mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlaridan mustaqil ravişda hisob-kitob tizimi joriy etilib, Xalq deputatlari mahalliy Kengaşi raisi örinbosari instituti taşkil etilib, mahalliy Kengaşlar doimiy komissiyalarida şaffoflik tarzida muhokama qiliş, Kengaş sessiyalarida nomzod tomonidan öz yönalişi böyiça hududni rivojlantiriş dasturini taqdim qiliş tartibi joriy etiladi.
"Yöl xaritasi"ga köra, Senat bilan mahalliy Kengaşlar örtasida mustahkam aloqa örnatiladi. Unga köra, "Saylovçi — deputat — hokim — Kengaş" tört böğinli özaro hamkorlik tizimi yölga qöyiladi. "Kuçli Kengaş, hisobdor va taşabbuskor hokim" tamoyilini amalga oşirişda izçillikni yuqori darajada taʼminlaş çoralari köriladi va mahalliy Kengaşlarda deputatlar va jamoatçilik vakillari iştirokida mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining aholi hayotiga doir ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eşitiş böyiça "Kengaş soati" instituti joriy etiladi. Şuni alohida taʼkidlaş joizki, endilikda Kengaş qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan şaxslarning lavozimga tayinlanişida roziligi olinadigan mansabdor şaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik böyiça işlarni körib çiqiş vakolati ham mahalliy Kengaşlarning
Reglament va deputatlik odobi masalalari böyiça doimiy komissiyalariga beriladi. Şu paytgaça Mahalliy Kengaş sessiyalarida oddiy fuqarolarning iştiroki taʼminlanmagan edi.Kontseptsiyaga köra, mahalliy Kengaş qarorlarining oçiqligini taʼminlaş maqsadida fuqarolarning sessiya işini bevosita kuzatiş imkoniyati yaratilmoqda. Yaʼni mahalliy Kengaş sessiyalarida fuqarolarning sessiya işiga aralaşiş huquqisiz kuzatuvçi sifatida iştirok etiş tartibi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning "Özbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantiriş Kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida"gi PF-98-sonli Farmonining butun mazmun-mohiyati xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, hayotdan rozi yaşaşlarini taʼminlaş, ular hayotiga oid dolzarb muammolarni hal etişda "Mahalla yettiligi"—mahalliy Kengaş—viloyat, yaʼni Jöqorği Kenges — Senat" hamkorligini izçil yölga qöyiş orqali byurokratik tösiqlarga, korruptsiyaviy holatlarga batamom barham berişdek keçiktirib bölmaydigan vazifalar ilgari surilgan. Çunki deputatlik — bu mansab emas, xalq içida yurib, xalqning dardini eşitadigan, muammolariga yelka tutib, hayotlariga farovonlik baxş etiş çoralarini köradigan, qolaversa, saylovçilar işonçini qozonib,, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organida xalq nomidan faoliyat olib boruvçi xalqning işonçli vakilidir. Ana şu işonçga sazovor böliş esa deputatning zimmasidagi eng oliy burçidir.
XONIMJON RAJABOVA, 2-BOYOVUL SAYLOV OKRUGIDAN XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAŞI DEPUTATI.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶