ODAM SAVDOSI — GLOBAL MUAMMO
Odam savdosi-bu butun insoniyatga tahdid solib kelayotgan jinoyatlardan biri bölib hisoblanadi.
Maʼlumotlarga köra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 ming kişi odam savdosining qurboniga aylanmoqda.
Odam savdosi bu-kuç bilan tahdid qiliş yoki kuç işlatiş yoxud majburlaşning boşqa şakllaridan foydalaniş, öğirlaş, firibgarlik, aldaş, hokimiyatni suiisteʼmol qiliş yoki vaziyatning qaltisligidan foydalaniş orqali yoxud boşqa şaxsni nazorat qiluvçi şaxsning roziligini oliş uçun tölovlar yoki manfaatdor etiş evaziga oğdirib oliş yöli bilan odamlardan foydalaniş maqsadida ularni yollaş, taşiş, topşiriş, yaşiriş yoki qabul qiliş. Odamlardan foydalaniş boşqa şaxslarning fohişaligidan foydalanişni yoki ulardan şahvoniy foydalanişning özga şakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka öxşaş odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini va (yoki) töqimalarini olişni anglatadi.
Odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayollar va bolalar hissasiga töğri keladi.
Hozirgi kunda odam savdosining 3 ta keng tarqalgan turlari mavjud bölib bular:
1.Jinsiy ekspluatatsiya (fohişabozlik)
2.Majburiy mehnat.
3.Odam aʼzolarini sotiş.
Odam savdosiga köpinça ayrim insonlarning soddaligi va işonuvçanligi sababli moddiy muammolarni tezda hal etiş ilinji, yengil iş topiş, tezda boyib ketiş orzusi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, loqaydlik va nopok kimsalarning ğayriqonuniy harakatlari, transmilliy jinoiy guruhlarning ixtisoslaşuviga sabab bölmoqda.
Dunyo böylab keng kölamli işlar, tarğibot işlari olib borilişiga qaramasdan har yili millionlab insonlar qullikka yaʼni odam savdosi qurboniga aylanmoqda.
Mamlakatimizda odam savdosi va majburiy mehnatga barham beriş borasida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga köra inson hayoti, erkinligi, şaʼni qadr-qimmati, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi.
Odam savdosi bugungi kunda insoniyatning eng oğir global muammolaridan biri bölib, uning oldini oliş nafaqat davlat organlarining vazifasi, balki har bir insonning maʼsuliyatidir. Zero heç kim qullikka majbur emas.
Donaxon Yusupova, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶