BAKTERIOLOGIK TEKŞIRUV: U QANDAY AMALGA OŞIRILADI?
Aholining soğlom va farovon yaşaşi köp jihatdan uning tibbiy madaniyatiga, yaʼni soğlom turmuş tarziga amal qilişiga boğliq. Kundalik hayotida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qiluvçi, yaşaş xonadonini orasta tutuvçi insonlar kamdan-kam holatlarda kasallikka çalinadilar. Aksinça, pala-partiş hayot tarzini öziga odatiy hol sifatida qabul qiluvçi insonlarning turli yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklar bilan oğrib turişi köp kuzatiladi. Aholi orasida bunday noxuş holatlarning, ayniqsa, yuqumli infektsiyalar, xavfli bakteriyalar tarqalişining oldini olişda Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va Jamoat salomatligi bölimining bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan amalga oşiriladigan tahliliy tekşiruv işlari, xavfli bakteriyalar va infektsiyalar öçoğini aniqlaş hamda xavfni bartaraf etiş borasidagi çora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
Amudaryo tuman Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi bakteriologiya laboratoriyasida 2 nafar oliy toifali, bir nafar 1-toifali va yana bir nafar oliy maʼlumotli şifokor, 3 nafar oliy, bir nafar 1-toifaga ega malakali laborantlar hamda 4 nafar kiçik tibbiyot xodimlar faoliyat olib borişadi.
Özaro hamjihatlik muhiti qaror topgan jamoada aholi salomatligini qatʼiy talablar asosida muhofaza qiliş, tuman hududida ötkir yuqumli kasalliklarni qözğatuvçi infektsiyalar va xavfli bakteriyalar tarqalişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar puxta reja asosida amalga oşiriladi. Natijada koronavirus infektsiyasidan söng tuman hududida yuqumli infektsiyalar umuman kuzatilmadi. Ötkir oşqozon-içak kasalliklari, turli yiringli va bolalar orasida köp uçraydigan gijja kasalliklarini aniqlaş hamda uşbu kasalliklar öçoğini bartaraf etiş borasidagi bakteriologik tekşiruvlar samarali taşkil etilgani bois yil sayin tuman aholisi orasida yuqumli kasalliklarga çaliniş holatlari tobora kamayib bormoqda.
Bakteriologiya laboratoriyasida sanitariya bölimi, ötkir oşqozon-içak kasalliklari hamda havo-tomçi bölimlari faoliyat olib boradi. Laboratoriyaga tuman Tibbiyot birlaşmasidan, tumandagi barça maktabgaça va maktab taʼlimi muassasalaridan, aholi yaşaş joylaridan, şuningdek, içimlik suvlari manbalaridan namunalar olib kelinib tekşiriladi va boşqa obʼektlardan namuna xamda sinamalar qabul qilinadi. Keltirilgan barça namunalar laboratoriyaning malakali mutaxassislari tomonidan belgilangan qatʼiy laborator nazorat asosida tekşirilib, tahliliy xulosalar beriladi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasidan havo, suv, surtma namunalari hamda barça bölimlardan olib kelingan tibbiy asbob-uskunalarning sterillik holati doimiy ravişda bakteriologik tekşiruvdan ötkazib boriladi. Şuningdek, maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari öqituvçilari, öquvçilar va tarbiyalanuvçilarning xavfsizligini taʼminlaş maqsadida mazkur muassasalar joylaşgan hududlardan suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olinib, muntazam ravişda tahliliy tekşiruvdan ötkaziladi.
Bir yoşgaça bölgan bolalarda uçraydigan stafilokokk kasalligi, barça yoş toifadagi bolalar va kattalarda kuzatiladigan ovqatdan zaharlaniş, yaʼni botulizm kasalligiga qarşi kuraş vaqtida amalga oşirilmasa, köngilsiz oqibatlarga olib kelişi mumkin. Şu bois, laboratoriya xodimlari tomonidan bemorlar va ular bilan muloqotda bölganlardan tahlil uçun qon olinib, jiddiy tekşiruvdan ötkaziladi.
Bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari uçun har bir kun qaynoq iş jarayonida ötadi. Öta xavfli yuqumli kasalliklarga tekşiriş, musbat çiqqan natijalarni Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va Jamoat salomatligi boşqarmasining öta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasiga yuboriş ham aynan şu yerda, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, parazitologiya laboratoriyasida aholi tomonidan olib kelingan namunalar yuzasidan parazit kasalliklarini aniqlaş böyiça tahlillar amalga oşirilib, umumtaʼlim maktablari öquvçilari va maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilarini gijja kasalligiga tekşiriş işlari ham amalga oşiriladi.
Bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan amalga oşirilayotgan barça işlarning mazmun-mohiyatida xalqimiz salomatligini işonçli muhofaza qiliş, jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişdek ezgu niyat mujassam. Zero, salomatlik bor joyda farovonlik, yuksak taraqqiyot va baxtiyor hayot hukmron böladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶