MAHALLALAR QIYoFASIDA OBOD VA FAROVON VATAN MUJASSAM
Mahalla – mehr-oqibat, odamiylik, xayr-saxovat va yaratuvçanlik göşasi. Uning bağrida qalblarida uluğvor niyatlar qulf urgan xalq yaraladi, millat farzandlari kamol topadi. Oilamiz ostonasidan boşlanadigan qadamlarimiz eng avval ana şu tabarruk, biz uçun hamişa muqaddas göşadan quvvat oladi. Şu bois, bizni har kuni ohanrabodek bağriga çorlab turguvçi mahallamiz toğday suyanç, köngillarimizga xotirjamlik baxş etib, yangi marralar sari ruhlantirib turguvçi ota makon! Uning obodligi, farovonligi – oilamizga, hayotimizga ziynat bağişlaydi. Muhtaram Prezidentimizning Özbekistonda mahallalar mavqeini takomillaştiriş borasidagi qator Farmon va Qarorlari mohiyatida ham mahallalar obodligi – oilalar farovonligi, mamlakat taraqqiyotining kafolati, degan çuqur maʼno-mazmun mujassam.
Haqiqatdan ham hayotdan rozi, oilasidan, ötayotgan har bir kunidan köngli xotirjam inson har qanday vaziyatda ham ona Yurt kelajagiga, taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yaşaydi.
Mamlakatimizda mahalla institutining şakllaniş jarayonini köpçilik mustaqillik davri evrilişlari bilan boğlaşadi. Aslida ham şundaymi? Aslida esa barça millat vakillari bitta jamoa bölib, ahil-inoqlikda, biri-birining muşkuliga yelka tutib yaşaş anʼanalari ming yillarga borib taqaladi. Şuning uçun ham “Mahalla – qadriyatlar beşigi”, “Mahallam – oltin ostonam”, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” kabi xalq zakosi bilan yaralgan hikmatlarning hamişa qadri baland.
Köplab xorij davlatlari ekspertlari tomonidan “yuksak insoniy fazilatlarni özida mujassam etgan ijtimoiy tuzilma” sifatida eʼtirof etilayotgan Özbekiston mahallalari mustaqillik yillarida xalq işonçi va orzu-intilişlarining çinakam homiysiga aylandi. Bugungi kunda avvallari mamlakat darajasida hal etiladigan muammolar bevosita xalq iştirokida, mahallada hal etilayotganining özi uning eng xalqparvar, adolatli ijtimoiy tuzilmaga aylanganining yaqqol dalilidir.
Özbekiston Mahallalari Uyuşmasi Amudaryo tuman bölimi tasarrufidagi 49ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari aholisining ham öziga xos va betakror hayot tarzi, anʼana va qadriyatlari bor. Xususan, özlari yaşab turgan hududlarni obod va farovon göşalarga aylantiriş borasidagi saʼy-harakatlar tufayli 49ta OFY va MFYlarning barçasida “Obod köça”, “Obod xonadon” mezonlari joriy etilib, ana şu asosda iş yuritilayotgani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Birgina “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-yilning ötgan 8 oyida aholi yaşaş manzillarida 185 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda buta köçatlari ekilib, xalq haşari orqali har bir mahalladan ikkitadan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari sifatli taʼmirlab berildi.
Mahallalar mavqeini yanada takomillaştirişga qaratilgan saʼy-harakatlar esa aholi farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga köra, har bir mahallaga birkitilgan davlat organlari vakillari xalq orasiga kirib borib, “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni örganişlari natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etiş yuzasidan mahalla–sektor–tuman kesimlarida amalga oşiriladigan vazifalar böyiça işlab çiqilgan “Yöl xarita”larda belgilangan vazifalar ijrosini muvaffaqiyatli taʼminlaşmoqda.
Mahallalardagi 38 ming 76 ta xonadonning 33 ming 698 tasida öz tomorqa xöjaligi mavjud bölib, tomorqa yer egalari 4 ming 332 gektar maydonda dehqonçilik qilişadi. Mahallalarga birkitilgan davlat organlari xodimlari erta bahordanoq aholining tomorqadan samarali foydalanişlarini taʼminladilar, ozuqabop ekinlar joylaştirilişiga, ehtiyojmand oilalarga poliz va sabzavot ekinlari köçatlari yetkazib berilişiga boş-qoş böldilar.
Özbekistondagi ilğor mahallalar tajribalarini ommalaştirişga qaratilgan saʼy-harakatlar ham özining ijobiy natijasini berdi. Xususan, Istiqlol mahallasi tajribasi asosida mahalla balansi şakllantirilib, “Ombor daftari” işlab çiqildi va Amudaryo tumani böyiça 5810 nafar işsiz fuqarolar röyxati şakllantirildi. Ularga öz tadbirkorlik yönalişlarini taşkil etişlari uçun imtiyozli kreditlar ajratiş, kasbga örgatib, doimiy va mavsumiy iş bilan taʼminlaş çoralari körildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-iyuldagi “Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Mahallalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etiş töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan Amudaryo tumanidagi 49 ta OFYva MFYlarning har biriga ajratilgan 500 mln sömlik mablağ hisobidan 224 ta maqsadli loyihalar işlab çiqilib, şu kunga qadar 224 loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Şuningdek, 39ta mahallada transformator, elektr taʼminotini yaxşilaş maqsadida SIP kabel, içimlik suvi va tabiiy gaz quvurini tortiş, infratuzilma inşootlarini taʼmirlaş, 49ta mahallalarning barçasiga sip kabellar, şuningdek, 30 ta mahalla hududiga kuzatuv kameralarini örnatiş, 28ta mahalla hududiga tungi yoritgiçlar, piyodalar yölakçalarini quriş işlari davom ettirilmoqda.
Prezidentimizning 2022-yil 26-dekabrdagi “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etiş orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli tumandagi jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliğidan 10 foizini mahallalar hisob raqamiga ötkaziş joriy qilinib, 2024-yilning 8 oyi davomida 1,65 mlrd söm mablağ mahallalar hisob raqamiga ötkazib berilgani köplab ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etiş imkonini berdi.
Özbekistondagi ilğor mahallalar tajribalari asosida mahallalar faoliyatiga izçil tatbiq etilayotgan “Dilbuloq”, “Nodirabegim” dasturlari asosida har bir mahallaning öz ijro platformasi taşkil qilinib, unga xonadon, oila va aholi soni kiritilmoqda. Maqsad – “Mahalla yettiligi”ning yillik iş rejasini işlab çiqiş va şu orqali aholining turmuş şaroitini yanada yaxşilaş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilab oliş.
Şuningdek, “Sayhunobod tajribasi” böyiça barça ovul va mahallalarda körgazmali seminarlar, milliy qadriyatlar urf-odat va anʼanalarni tarğib qiliş, soğlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni qaror toptiriş, töy-marosimlarni isrofgarçiliklarsiz, ixçam ötkazişga qaratilgan salkam 400ga yaqin oşkora muloqot tadbirlari, yozuvçi va şoirlar bilan uçraşuvlar, davra suhbatlari taşkil etilib, bu kabi tadbirlarga bir neça ming nafar aholi vakillari qamrab olindi.
Amudaryoliklar uçun “Uyçi tajribasi”ning amaliy ijrosini taʼminlaşga qaratilgan işlar ham özining ijobiy samarasini bermoqda. Unga köra, uyma-uy kirib borib, xatlovdan ötkazilgan 18 yoşdan 60 yoşgaça aholining 77,5 foizining yaşaş tarzi puxta örganildi va 1018 nafar fuqaroning doimiy iş bilan bandligini taʼminlaş çoralari körildi. 189nafar fuqaro esa kasbga öqitildi, tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarga imtiyozli kredit mablağlari olişlarida kömaklaşildi va özini-özi band qiliş tamoyili asosida dehqonçilik qilişlari uçun yer berildi.
Şuningdek, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş maqsadida subsidiyalar ajratiş, “ustoz-şogird” anʼanasi asosida yoşlarning kasb-hunar örganişlarini rağbatlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli ularning doimiy daromad manbaiga ega bölişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi.
Xulosa qilib aytganda, amudaryoliklar uçun bugungi mahalla – imkoniyatlar, istiqbolli rejalar ijrosi uçun taşlangan ezgu qadamlarni qöllab-quvvatlovçi va xalqning hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaşda eng fidoyi, jonkuyar tuzilma sifatida tobora yaqqolroq namoyon bölib bormoqda. Zero, bugungi Mahalla qiyofasida tobora obod va farovonlaşib borayotgan Mustaqil Vatanimiz kelajagi mujassam!
Alişer Yuldaşev, Özbekiston Mahallalar uyuşmasining tuman bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶