25-aprel – butunjahon bezgakka qarşi kuraş kuni
JSSTning 2007-yil may oyida bölib ötgan 60-sessiyasi qaroriga köra, dunyo böyiça har yili 25-aprel butunjahon bezgakka qarşi kuraş kuni sifatida nişonlanadi. Taşkilotning uşbu sanani belgilaşdan boş maqsadi odamlarni bezgak yuqiş xavfidan xabardor qiliş, uşbu kasallik tarqalgan hududlarga çiqişda şaxsiy himoya çoralarini qöllaşga çorlaş, kasallikni davolaş mumkinligini tuşuntirib, profilaktika çoralarini körişga daʼvat qilişdir.
Mutaxassislarning 2022-yilda ötkazgan tekşiruvlarida dunyoning deyarli yarim aholisi bezgak xavfi ostida ekanligi maʼlum bölgan. JSSTning statistik maʼlumotlariga köra, 2022-yilda dunyo böylab 249 mln aholi bezgak bilan kasallangan va ulardan 608 ming nafari vafot etgan. Mamlakatimizda ham 2019-yildan buyon uşbu sana “Bezgakni yöqotiş mendan boşlanadi” şiori ostida nişonlanib kelinmoqda.
Bezgakni faqat tibbiy xizmat yordamida yengib çiqiş juda qiyin. Buning uçun barça taşkilotlar va muassasalar, xususiy va davlat korxonalari kuçlarini birlaştirişlari zarur.
Bezgak kasalligi bu odamlarda uçraydigan parazitar yuqumli kasallikdir. Uni faqat mikroskop yordamida köriş mumkin bölgan parazitlar – plazmodiylar keltirib çiqaradi. Plazmodiylar sodda jonivorlar sinfiga mansub bölib, odam qonida, yaʼni eritrotsitlarda yaşaydi va köpayadi. Keyinçalik eritrotsitlarni yemirib, kamqonlikni keltirib çiqaradi. Bundan taşqari, organizmning qon işlab çikaruvçi, asab, qon-tomir va boşqa tizimlari faoliyatining buzilişiga olib keladi.
Baʼzan kasallik şu qadar oğir keçadiki, davolaş öz vaqtida boşlamagan hollarda bemor kasallik boşlangandan bir neça kun ötib, halok bölişi mumkin.
Bezgak kasalligi baʼzi çivinlarning urğoçi turlari çaqişi tufayli bemor odamdan soğlom odamga ötadi. Bunday çivinlarni bezgak çivinlari deb ham ataydilar. Bezgak çivinlari kasal odam yoki hayvonlarning qonini sörganda özlariga kasallikni yuqtirib olişadi, keyinçalik bu çivinlar xavfli hisoblanib, ular orqali soğlom odam va hayvonlarga tarqaladi.
Agarda Sizda:
- 2-3 kun davomida tana haroratingiz kötarilib, boş, böğinlar oğrigi, köngil aynişi, yötal va şunga öxşaş şamollaş belgilari kuzatilsa;
- qaltiraş bilan keçadigan vaqti-vaqti bilan haroratning kötarilişi kuzatilsa;
- isitmalaş 4 kun va undan ortiq vaqt davom etib, “etiologiyasi aniq bölmagan isitmalaş” taşxisi qöyilsa, yoki qöyilgan taşxisga binoan davolaşga qaramasdan, isitmalaş töxtamayotgan bölsa;
- bezgak kasalligi mavjud bölgan davlatlarga borgan bölsangiz;
- isitmalaş yöq, lekin taloq va jigaringiz kattalaşgan, sariqlik va sababi maʼlum bölmagan kamqonlik alomatlari kuzatilsa, şifokoringizga murojaat qilişingizni maslahat beramiz.
Öz soğliğingizga va atrofingizdagilarning soğliğiga befarq bölmang!
J.Kamolov, tuman SEO va JSM parazitologiya bölimi mudiri
T.Atamuratov, şifokor-laborant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶