9-BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI BÖLIMLARI HISOBOT KONTsERTI ÖTKAZILDI
Yoş avlodning musiqa va sanʼat turlariga qiziqişi va qobiliyatini rivojlantiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni xalqimiz anʼanalariga va milliy qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalaş va milliy sanʼatimiz durdona asarlarini örganişga jalb etiş borasida tumanimizda ikkita Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyat yuritmoqda. Uşbu muassasalarda öquvçilarning isteʼdodini har tomonlama kamol toptiriş, madaniy saviyasini yuksaltirişga keng şaroitlar yaratilgan. Öquvçilar milliy va jahon musiqasi, tasviriy sanʼatning yuksak namunalaridan va xalqimizning mumtoz musiqa, aşula merosi durdonalaridan bahramand bölib, ularni örganişlariga pedagog murabbiylar sidqidildan intilişadi.
Manğit şahrida faoliyat yuritayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 251 nafar öquvçilar 12 ta yönalişlarda taʼlim olişmoqda. Ularga 40 nafar öqituvçilar musiqa va sanʼatdan çuqur taʼlim berib, iqtidorlarini yuksaltirişga intilişayapti.
Öquvçilar iqtidorlariga köra xalq çolğulari, anʼanaviy xonandalik, anʼanaviy çolğuçilik, fortepiano, torli çolğular, estarada xonandaligi, baxşiçilik, xoreografiya, tasviriy sanʼat yönalişlariga qamrab olinib, isteʼdodini rivojlantirişga, namoyon etişiga töla şaroit yaratilgan. Keyingi yillarda zarur mutaxassislar işga qabul qilingani tufayli teatr va anʼanaviy baxşiçilik, amaliy sanʼat yönalişlari ham taşkil etildi.
Muassasada har bir öquv yili belgilangan qoidalar asosida taşkil etiladi va öquvçilarning musiqa va sanʼatni qay darajada özlaştirayotganliklari sinflar, bölimlar, maktab hisobot kontsertlarida, körik-tanlovlarda va sinfdan sinfga köçiriş imtihonlarida aniqlanadi. Şuningdek, tumanimizda turli muhim sanalar, umumxalq bayramlari, sayllarida ham maktabning iqtidorli öquvçilarining çiqişlari xalqimiz tomonidan qizğin qarşi olinmoqda.
Musiqa va sanʼat maktab anʼanaviy xonanda va ijro, fortepiano bölimlarining anʼanaviy hisobot kontserti ham muassasa öquvçilari uçungina emas, öqituvçilari uçun ham jiddiy sinov böldi, deyiş mumkin.
Bunda maktab öquv yili rejasiga muvofiq barça tadbirlar öz vaqtida ado etilişiga erişilgani, ustoz-şogird anʼanasiga muvofiq yoş öqituvçilarga ulkan tajribaga ega öqituvçilarning ustozlik qilib, sifatli taʼlim berilişiga erişilgani yaqqol namoyon böldi.
Bölimlar hisobot kontsertiga maktab öquvçilari, ularning ota-onalari, öqituvçilar, soha faxriylari iştirok etişib, bölimlar öquvçilari tayyorlagan hisobot kontsertini miriqib tomoşa qildilar, öquvçilarning musiqa va sanʼat sohasidagi iqtidori, salohiyatini körib quvondilar. Ularni şu darajada tarbiyalayotgan ustozlaridan minnatdor böldilar.
Şunisi eʼtiborliki, mazkur muassasada öquvçilarning ijodiy qobiliyatini yuksaltiriş, kasb-hunarga yönaltiriş borasida erişilayotgan natijalar tufayli yil sayin öquvçilar qamrovi oşmoqda. 2022-2023 öquv yilida birinçi sinfga 94 nafar öquvçi, şularning 25 nafari musiqa, 72 nafari sanʼat yönalişiga qabul qilindi.
Muassasada ayni kunda öquvçilarning öquv yili hisobot kontsertiga qizğin hozirlik körilayapti.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶