12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 18:50
Madaniyat 👁 442

9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti bölib ötdi

9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti bölib ötdi

Sanʼat va musiqa inson ruhiyatini poklab, uning qalbida gözallikka bölgan muhabbatni uyğotuvçi beqiyos kuçdir. Aynan şu sehrli olamga qadam qöygan yoş isteʼdodlar yurtimizning ertangi madaniy qiyofasini yaratadilar, milliy merosimizni butun dunyoga tarannum etadilar. Bölajak madaniyat va sanʼat namoyandalari taʼlim olayotgan Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2025-2026 öquv yilining muvaffaqiyatli yakunlanişi munosabati bilan hisobot kontserti taşkil qilindi.

Hisobot kontsertida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov iştirok etib, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasini, barça öqituvçi va öquvçilarni joriy öquv yilida qölga kiritilgan yutuqlar, erişilgan yuksak natijalar bilan çin dildan tabrikladi.

Aytiş joizki, bugungi kunda mazkur maktabda jami 194 nafar öğil-qiz sanʼat sirlarini qunt bilan örganmoqda. Ularning orasidan 27 nafar bitiruvçi joriy öquv yilida muassasani muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot sari özlarining dastlabki qadamlarini taşlamoqdalar.

Uşbu ijod maskanining taşkil qilinganiga 60-yilga yaqin vaqt böldi. 1968-yilda asos solingan maktab dastlabki yillarda faqatgina musiqa yönalişida iqtidorli bolalarni tarbiyalaşga ixtisoslaşgan edi. Yillar ötişi bilan muassasa öz kölamini kengaytirib, sanʼatning turli sohalarini ham qamrab oldi. 1990-yilda bino qayta qurilib, Hamza nomidagi musiqa maktabi maqomida faoliyatini davom ettirdi.

Mamlakatimizda yoş avlodning madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik natijasida 2015-yilda maktab binosida keng kölamli rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi. Natijada, butunlay yangi qiyofa kasb etgan muassasada eng sönggi talablarga javob beradigan zamonaviy öquv xonalari, keng va yoruğ maşq zallari hamda haqiqiy ijodiy muhit yaratildi. Bunday keng imkoniyatlar yoşlarning öz ustida muntazam işlaşiga, katta sahnalar sari dadil qadam taşlaşiga bevosita xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda maskanda öquv jarayonlari jami 10 ta asosiy yönaliş böyiça tizimli ravişda olib borilmoqda. Jumladan, fortepiano, xalq çolğulari, estrada çolğulari, anʼanaviy xonandalik, baxşiçilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, anʼanaviy ijro hamda amaliy sanʼat sinflarida öquvçilarning ijodiy tafakkuri va estetik didi şakllantirilmoqda, ularning içki dunyosi boyitilmoqda. Bu masʼuliyatli va şarafli vazifani öz kasbining fidoyisi bölgan 36 nafar pedagoglar amalga oşirib kelmoqda. Ularning 19 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar bölsa, 17 nafari maxsus musiqa va sanʼat kollejlarini tamomlagan tajribali ustozlardir. Pedagoglar doimiy ravişda tasdiqlangan reja-jadvallar asosida malaka oşiriş markazlarida hamda sanʼat maktab-internatlarida öz kasbiy mahoratlarini, nazariy va amaliy bilimlarini muntazam oşirib bormoqdalar.

Hisobot kontserti davomida fidoyi öqituvçilar va faol öquvçilarga Bolalar musiqa va sanʼat maktabining faxriy yorliqlari va esdalik sovğalari topşirildi. Maktab direktori Töliboy Hayitboyev, tuman Madaniyat bölimi boşliği Murod Ibragimov va maktab faxriysi Yöldoş Abdalovlar öquvçilarni yana bir öquv yilining muvaffaqiyatli yakuni, bitiruvçilarni esa katta hayotga qadam qöyayotgani bilan tabriklab, kelgusi işlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Mazkur taʼlim muassasasi öquvçilari turli milliy va xalqaro körik-tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etib, joriy öquv yilini muvaffaqiyatli yakunlamoqdalar. Jumladan, "Khiva Art Fest – 2025" hamda "Zamin yulduzlari – 2026" xalqaro tanlovlarida jami 10 nafar öquvçi Gran-pri mukofotini, 23 nafar öquvçi 1-örinni, 18 nafar öquvçi 2-örinni va 14 nafar öquvçi 3-örinni qölga kiritdi. "Orolim ovozi – 2026" körik-tanlovida esa 11 nafar öquvçi Gran-pri, 21 nafar öquvçi 1-örin, 10 nafar öquvçi 2-örin va 4 nafar öquvçi 3-örin sohibi böldi. Şu bilan birga, "Yoşlar ovozi" tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 2 nafar öquvçi 2-örinni band etdi.

Birgina ötgan may oyida erişilgan muvaffaqiyatlarni sanab ötsak: Jizzax şahrida bölib ötgan "Zamin yulduzlari – 2026" xalqaro körik-tanlovida maktabning "Tasanno" raqs dastasi xoreografiya yönalişi böyiça eng oliy mukofot – Gran-pri sohibiga aylandi. Yakka raqs ijroçiligida esa Şahrizoda Gulmirzoyevva 3-örinni qölga kiritdi. Anʼanaviy xonandalik yönalişida "Amu yulduzlari" maqomçilar ansambli, şuningdek, Asadbek Jumaboyev va Abbos Bahramovlar mutlaq ğolib deb topilib, 1-öringa sazovor böldi. Behruz Sergeyev hamda Temur Tirkaşevlar 2-örinni, Sardor Köklanov esa 3-örinni qölga kiritişdi. Estrada xonandaligi yönalişida Sunnatillo Kenjaboyev va Sarvar Gulmirzoyev 3-örin sovrindorlari qatoridan joy oldi.

Xalq çolğulari yönalişida "Guldasta" dutorçilar ansambli, Ilyos Mahmudov, Izzat Anvarov, Amirxon Alimboyev hamda Diyorbek Baymuradovlar 1-örinni egallaşdi. Diyorbek Boltoboyev, Qadam Şaripov, Diyorbek Gulmanov, Azizbek Ernafasov, Farmonbek Yunusov hamda Asaloy Yusupova va Ilyos Mahmudovlar dueti faxrli 2-öringa munosib körildi. Ravşan Gulmirzoyev, Behruz Ahmadjonov, Diyorbek Sultonboyev, Nurhosil Kengaşboyev va Abdulla Baxtiyorovlar 3-örin sovrindorlariga aylangan bölsa, fortepiano yönalişida Aslzoda Yöldoşev 1-örin sohibi böldi.

Bu kabi yutuqlari bilan Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari mazkur taʼlim dargohi nomini butun respublika va xalqaro maydonlarda baland jaranglatib, özbek milliy madaniyati va sanʼatining ertangi kuni naqadar işonçli qöllarda ekanligini isbotladilar. Ularning zafarli yurişlari heç qaçon töxtamasligiga, sanʼat çöqqilarini zabt etişda doimo peşqadam bölişlariga tilakdoşmiz!

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026