ODAM SAVDOSI – OFIR JINOYaT
Odam savdosi – insoniyatga jiddiy xavf solayotgan muammolardan biridir. Uşbu xavfni bartaraf etişga nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, balki keng jamoatçilik ham jalb etilgan. Şu örinda aytiş joizki, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlaş va taʼminlaş jamiyatimizning eng ustuvor tamoyiliga aylangan.
Turli yoşdagi fuqarolar, ayollar va bolalar, çaqaloqlar uşbu qabih jinoyatning qurboni bölişmoqda. Yurtimizda odam savdosiga oid noqonuniy harakatlarga qarşi tadbirlar, davlat va jamoat organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalar yölga qöyilgan. Özbekiston insonparvar demokratik davlat sifatida umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va qoidalarni öz milliy huquq tizimiga keng joriy qiliş yölini tutadi. Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasiga köra, odam savdosi, yaʼni odamni oliş-sotiş yoxud odamni undan foydalaniş maqsadida yollaş, taşiş, topşiriş, yaşiriş yoki qabul qiliş kabi jinoyatlar ozodlikni çeklaş yoxud ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Bunday jinoyatlarning oldini olişda mehnat jamoalarida, mahallalarda profilaktika maqsadida yiğilişlar ötkaziş, sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini va ularning oqibatlarini fuqarolarga yetkazib turilişini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, uning har qanday körinişiga qarşi kuraşiş xalqaro darajada jiddiy yondaşuv va özaro huquqiy hamkorlikni yölga qöygan holda amalga oşirilsa ijobiy samara beradi.
S.DAVLETMURODOV,
Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶