16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:49
Jamiyat 👁 514

“Xavfsiz mahalla”: Amudaryoda jinoyatchilikdan holi hudud yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

“Xavfsiz mahalla”: Amudaryoda jinoyatchilikdan holi hudud yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda, jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bu borada tizimli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil boshidagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisi”dagi 1-sonli qarori mazkur saʼy-harakatlarning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.

Qaror ijrosini taʼminlash hamda "Xavfsiz hudud", "Xavfsiz mahalla", "Sifat, ishonch va xavfsizlik" shiorlari ostida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida Amudaryo tumanini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar davom ettirilmoqda. Bu jarayonda faqat bir tashkilot emas, balki Amudaryo tumani qoʻriqlash boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi va “Mahalla yettiliklari” oʻrtasidagi yaqin hamkorlik mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu hamkorlik doirasida hududlarda xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi”ning amaliy ijrosi doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda. Asosiy maqsad – zamonaviy qoʻriqlash vositalari orqali nazorat qilish tizimini joriy etish va aholining tinch hamda osuda hayotini taʼminlashga xizmat qilishdir.

Bu boradagi navbatdagi profilaktik targʻibot-tashviqot tadbirlari tumandagi Navoiy va Gulzor mahallalari hududlarida tashkil etildi. Ushbu mahallalarda tuman qoʻriqlash boʻlimi xodimlari aholi va tadbirkorlik subʼektlari vakillariga soʻnggi vaqtlarda hayotimizga tatbiq etilayotgan zamonaviy qoʻriqlash xizmati signalizatsiya uskunalaridan foydalanish tartibi haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, “Tashvish” tugmasi bosilganda voqea joyiga bir necha daqiqa ichida yetib keluvchi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlarining xizmatlari va ularning imkoniyatlari amalda tanishtirib oʻtildi.

Oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari mobaynida aholiga mahallalarda birinchi navbatda xavfsizlikni taʼminlash nafaqat davlat idoralari, balki har bir mulk egasining ham masʼuliyati ekanligi tushuntirildi. Mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish maqsadida ushbu hududlarda joylashgan tadbirkorlik obʼektlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari va fuqarolarning yashash xonadonlarini ishonchli qoʻriqqa olish orqali fuqarolarning mol-mulklarini himoyalash qanchalik ahamiyatga ega ekanligi hayotiy misollar orqali koʻrsatib berildi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, bugungi kunda Amudaryo tumani qoʻriqlash boʻlimi texnik qoʻriqlash markazi tomonidan jami 541 ta obʼekt hamda 381 ta fuqaro xonadonlari ishonchli qoʻriqlash xizmati bilan taʼminlangan.

Tushuntirish ishlari mobaynida koʻplab yangi obʼekt va xonadonlar ham qoʻriqqa olinib, ularga ishonchli qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. “Xavfsiz koʻcha – xavfsiz yoʻlak” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bu kabi keng qamrovli ishlar tumanning boshqa mahallalarida ham izchil davom etmoqda. Bu, oʻz navbatida, Amudaryo tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va aholining tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026