Amudaryoda jinoyatçilikka qarşi kuraş, mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş masalasi kun tartibida
Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Şohruh Aminov tomonidan Amudaryo tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 1-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar çuqur va tanqidiy muhokama qilindi.
Tuman prokuraturasi hamda huquq-tartibot idoralari rahbarlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda hududda jinoyatçilik holati, ayniqsa, mahallalarda profilaktika işlarining samaradorligi atrofliça tahlil qilindi. Muhokamalar davomida tumanda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 74 foizi oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar ekani alohida qayd etilib, bu holat masʼullar tomonidan olib borilayotgan profilaktik işlar yetarli darajada yölga qöyilmaganidan dalolat berişi keskin tanqid qilindi.
Yiğilişda, ayniqsa, oilaviy zöravonlik holatlarining keskin oşib borayotgani jiddiy taşviş uyğotdi. Uşbu salbiy holatlarning asosiy sababi sifatida masʼul idoralar hamda mahallalarda faoliyat yurituvçi “mahalla yettiligi” örtasida samarali hamkorlikning yöqligi, masalalarga yuzaki yondaşuv va muammolarni barvaqt aniqlamaslik holatlari körsatib ötildi. Prokuror tomonidan bunday loqaydlikka mutlaqo yöl qöyib bölmasligi qatʼiy taʼkidlandi.
Masʼullarga ijtimoiy profilaktika işlarini tubdan kuçaytiriş, oila-turmuş munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini oliş böyiça keskin va manzilli çoralar köriş, jinoyatlarning kelib çiqiş sabablari va omillarini çuqur örganib, ularni barvaqt bartaraf etiş yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Şuningdek, har bir mahalla kesimida jinoyatçilikka qarşi işlaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş zarurligi qayd etildi.
Muhokama jarayonida huquq-tartibot idoralari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlarining axborot va tuşuntirişlari tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali taʼminlaş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi. Har bir rahbar öz yönalişi böyiça şaxsiy masʼuliyatni çuqur his etişi lozimligi yana bir bor eslatib ötildi.
Şundan söng, tuman prokuraturasida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning tezkor xizmat xodimlari iştirokida Prezidentimiz tomonidan joriy yil 27-yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan alohida muhokama bölib ötdi. Unda uyuşgan jinoyatçilik, kiberjinoyatlar va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş borasidagi işlar yetarli darajada taşkil etilmagani keskin tanqid qilindi.
Xususan, sintetik va psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilişi bilan boğliq holatlar umuman aniqlanmagani, giyohvand moddalar noqonuniy muomalasi böyiça esa juda kam holatlar foş etilgani masʼul idoralar faoliyatidagi jiddiy kamçilik sifatida baholandi. Bu yönalişlarda işlarni faqat statistik körsatkiçlar uçun emas, balki real xavf-xatarlarni bartaraf etiş maqsadida olib boriş lozimligi taʼkidlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Şohruh Aminov tomonidan jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi işlar holati mahallalarga bevosita çiqilgan holda joyida örganildi. Aholi bilan muloqotlar ötkazilib, mavjud muammolar, ularning sabab va omillari yuzasidan masʼullarga aniq topşiriqlar berildi.
Xulosa örnida aytiş joizki, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faqat huquq-tartibot idoralarining vazifasi emas, balki barça masʼul taşkilotlar, mahalla faollari va jamoatçilikning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini talab etadi.
Bu borada tanqidiy tahlil va qatʼiy nazorat esa natijadorlikni taʼminlaşning eng muhim omillaridan biri bölib qolmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶