INSON INSONDAY YaShASA...
Yaratgan eng mukammal, eng aqlli mavjudoti boʻlmish insonga oʻz turmushini goʻzal va farovon qilishi uchun aql-zakovat ham ato etgan. Inson zoti borki, hammasi ham baxtiyor, farovon yashagisi keladi. Chor-atrofi koʻkalamzor, obodon, fayzli boʻlishini istaydi. Saranjom-sarishta, ozoda hovli, koʻchalar nafaqat shu yerda yashovchi, balki, barcha koʻrgan kishining koʻnglini koʻtaradi.
Ha, shu boisdan-da ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlariga diqqat-eʼtibor qaratilmoqda. "Taqir qalʼa”, "Ozodlik”, "Birlashgan” aholi punktlarini oʻz ichiga olgan "Toshyop” ovulida ham koʻklamning har daqiqasi ovul hududini obodonlashtirish koʻkalamzorlashtirishdek xayrli amallar bilan oʻtmoqda. Bu ishlarga ovul hududidagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari, oʻquvchilari, shuningdek, boshqada korxona, tashkilotlar mehnat jamoalari ham jalb etildi. Ular boʻsh vaqtlarini oʻz hududlarini obodonlashtirishga, saranjom-sarishta qilishga, mevali, manzarali daraxtlar oʻtqazishga sarflamoqdalar.
Shu kungacha ovul hududidagi 56 gektar maydondagi yerlar obodonlashtirildi, 16,5 tonna chiqindi chiqarib tashlandi, 1610 metr uzunlikdagi ariqlar tozalandi, 1 ta qabriston obodonlashtirildi.
Mevali, manzarali daraxtlar, gullar yurtimiz fayziga fayz qoʻshadigan, bizning sof havodan nafas olib yashashimizni taʼminlaydigan omillardir. Shuning uchun ham koʻchalar, yoʻllar boʻylaridagi 4195 tup daraxtlar yanada koʻrkam boʻlishi uchun butab, shakl berildi. 8015 tup mevali, 2693 tup manzarali daraxtlar nihollari ekildi. Shuningdek, 1350 tupdan ziyod turli xil gul koʻchatlari oʻtqazildi.
Ayni kunlarda oʻz tomorqalaridan unumli foydalanish, har kim oʻz oilasi ehtiyojini qoplaydigan darajada hosil yetishtirishning ahamiyati haqida aholi orasida keng tushuntirishlar olib borayapmiz. Axir dasturxonlarimiz toʻkinligi, farovonligimiz asosi – shu tomorqamizda.
Shirin VAFOYeVA,
"Toshyop” ovul fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat,
maʼnaviy axloqiy tarbiya
masalalari boʻyicha maslahatchisi.
(Foto - u-forum.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶