16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:32
Jamiyat 👁 413

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati Olmazor mahallasidagi amaliy ishlar va erishilgan natijalar misolida

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati Olmazor mahallasidagi amaliy ishlar va erishilgan natijalar misolida

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 6-iyundagi farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi joylarda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona va samarali davlat siyosatini yuritish imkonini yaratdi. Ushbu tizimning quyi boʻgʻini sifatida hududlarda tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bugungi kunda tom maʼnoda xalq dardiga malham boʻlmoqda.

Bu tizimning yoʻlga qoʻyilishi odamlar hayotida qanday ijobiy oʻzgarishlar yaratganini Amudaryo tumanidagi Olmazor mahalla fuqarolar yigʻini misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. 2024-yilning sentyabr oyidan boshlab mazkur mahallada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Sharofat Qurboniyozova qisqa vaqt ichida koʻplab xayrli ishlarni amalga oshirishga muvaffaq boʻldi.

Bugungi kunda Olmazor mahallasida jami 664 ta xonadon mavjud boʻlib, ularda 1114 ta oila va 3244 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi mana shu katta hududda yashovchi har bir fuqaroning, ayniqsa, koʻmakka muhtoj insonlarning muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatishdan iboratdir.

Mahallada 150 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatga olingan boʻlib, 87 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Ushbu reyestrdagi oilalarning 18 tasi bevosita davlat taʼminotiga olingan boʻlsa, yana 6 ta oila kambagʻallik chegarasida kun kechirmoqda. Bundan tashqari, hududda tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 7 nafar xotin-qizlar hamda vasiylik va homiylikka olingan 15 nafar voyaga yetmagan bolalar istiqomat qiladi.

Ijtimoiy xodim tomonidan mazkur oilalar va shaxslar bilan manzilli ishlash tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, yaqindagina ijtimoiy xodim fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamrohligida 1-guruh nogironligi boʻlgan fuqarolar — Sarvinoz Artiqbayeva, Norgul Tajiboyeva va Shoxida Kuklanovalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari, sogʻligʻi va kundalik ahvolidan xabar oldi.

Joriy yil boshidan buyon bir qator nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik aravachalari, qoʻltiqtayoqlar, hassalar, eshitish moslamalari kabi turli xil protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari yetkazib berildi. Ayniqsa, nogironligi boʻlgan 1 nafar yosh bolaga zamonaviy qoʻl protezining taqdim etilishi, nafaqat oʻsha goʻdakning, balki butun oilaning hayotiga quvonch olib kirdi.

“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 3 ta 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatiga jalb qilingan va buning natijasida mazkur oilalarning jamiyatga ijtimoiylashuvi taʼminlanmoqda. Yosh avlod tarbiyasi va ularning taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida mahallada “Ilk rivojlanish markazi” oʻz faoliyatini boshladi. Bu markaz maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olinmagan bolalarni, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul taʼlimga jalb qilishdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Joriy yilgi Ramazon oyida Olmazor mahallasidagi davlat taʼminotidagi 21 ta oilaning har biriga 1 mln. soʻmdan, 41 ta kambagʻal oilaning har biriga esa 500 ming soʻmdan davlatimiz tomonidan bir martalik moddiy yordam mablagʻlari ajratildi. Shuningdek, 2 ta oilaning kommunal toʻlovlardan boʻlgan qarzdorliklari toʻliq qoplab berildi. 13 ta oilaga kundalik oziq-ovqat xarajatlarini qoplash boʻyicha maxsus vaucherlar berildi. Yana bitta oilaga farzandining salomatligini tiklash uchun davolanish xarajatlarini qoplashga, shuningdek, boshqa bir oilaga esa zarur kiyim-kechak xarajatlarini qoplash uchun vaucherlar ajratildi.

Mahalladagi taʼlimga tortilmagan 2 nafar nogironligi boʻlgan maktab yoshidagi bola umumtaʼlim maktablarida tashkil qilingan inklyuziv sinflarga jalb etildi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati Amudaryo tumanida ham tashkil qilingan boʻlib, ushbu xizmatga mahalladan 1 nafar nogironligi boʻlgan bola jalb etildi.

Mahallada istiqomat qiluvchi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 7 nafar ayol-qizlarga ham mahallaning xotin-qizlar faoli hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari hamkorligida zarur psixologik maslahatlar berilib, oilalardagi notinchliklarga barham berishga yaqindan koʻmaklashilmoqda.

Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, davlatimiz tomonidan joriy etilgan ijtimoiy xizmatlar tizimi bugun oʻzining yorqin va ijobiy samarasini bermoqda. Amudaryo tumanidagi Olmazor mahallasida olib borilayotgan bu kabi keng koʻlamli, manzilli va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ishlar shunchaki qogʻozdagi hisobotlar emas, balki minglab insonlarning hayotini yaxshi tomonga oʻzgartirayotgan, ularning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlayotgan hayotiy haqiqatdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026