“SANʼATIM SENGA, OBOD YuRTIM!” IJODIY KÖRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Öquvçi-yoşlarning isteʼdodi va qobiliyatini namoyon etiş, özbek madaniyatini yuqori saviyaga olib çiqiş kabi maqsadlarda hududlarda “Sanʼatim senga, obod yurtim!” ijodiy körik-tanlovi taşkil etilmoqda.
11-aprel kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida uşbu ijodiy körik-tanlovning tuman bosqiçi bölib ötdi. Körik-tanlovda tumandagi badiiy havaskorlikka iqtidori bölgan yoşlar iştirok etdilar. Unda havaskor yoşlar anʼanaviy xonandaçilik, estrada xonandaligi, raqs sanʼati, baxşiçilik kabi tört yönalişda bellaşişdi.
Körik-tanlovning yakuniy natijalariga köra, estrada xonandaligi yönalişi böyiça 1-örin 9-sonli maktab öquvçisi S.Mavlanberganova hamda 82-sonli maktab öquvçisi T.Sobirovlar, 2-örin 55-sonli maktab öquvçisi A.Sobirov hamda 76-sonli maktabdan N.Haytimbetovlar, 3-örin 40-sonli maktabdan I.Munajaddinova hamda O.Muzaffarovlarga berildi. Anʼanaviy xonandalik yönalişi böyiça 1-öringa 56-sonli maktabdan K.Xolboyev, 2-öringa 69-sonli maktabdan S.Bektursunova hamda B.Ismoilovlar, 3-öringa 40-sonli maktabdan J.Örinboyev hamda 15-sonli maktabdan S.Yusufboyev, F.Qurbonboyevlar munosib deb topildi.
Baxşiçilik yönalişida 64-sonli maktabdan Jörabek Saidabdullayev 1-örin, 39-sonli maktabdan Otabek Jumaboyev, 64-sonli maktabdan Javohir Saidabdullayevlar 2-örin ğoliblari böldilar. Raqs sanʼati yönalişida 16-maktabdan G.Örinboyevaga 1-örin, 43-sonli maktabdan F.Tozaboyeva, Ş.Tozaboyevalarga 2-örin, 76-sonli maktabdan M.Yeşimbetovaga 3-örin ğolibligi berildi.
Ğoliblarga taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliq va sovğalar berildi.
Nasiba Eşçanova, tuman Madaniyat bölimi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶