Savol bering, javob beramiz
Savol:
Mamlakatimizda xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida köp eşitganmiz.
Biz uy şaroitida xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼati buyumlarini işlab çiqariş va ularni sotiş bilan şuğullanuvçi yakka tadbirkorlar uçun belgilangan imtiyozlar haqida kamroq tuşunçaga egamiz. Şular haqida batafsilroq maʼlumot bersangiz?
Ş.Jumaniyozov,
Manğit şahri.
Javob:
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tadbirkorlik va hunarmandçilik faoliyatini rivojlantirişga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan Özbekiston Republikasi Prezidenti tomonidan uşbu masala böyiça qator Farmonlar qabul qilindi.
Muhtaram Prezidentimizning 2005-yil 28-martdagi "Xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi PF-3588-sonli, 2008-yil 1-apreldagi "Xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirişni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-3983-sonli hamda 2010-yil 30-martdagi "Xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi PF-4210-sonli Farmonlariga asosan xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirişni yanada qöllab-quvvatlaş, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, şu jumladan, yoşlarni keng jalb etiş uçun qulay şart-şaroitlarni taʼminlaş maqsadida uy şaroitida xalq badiiy hunarmandçiligi va amaliy sanʼati buyumlarini işlab çiqariş böyiça yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bölgan şaxslar tomonidan qatʼiy belgilangan soliqni tölaş yuzasidan soliq imtiyozining amal qiliş muddati "Hunarmand” uyuşmasiga aʼzo bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun 2017 yilning 1-yanvarigaça belgilangan. Şuningdek, oilaviy korxonalar ham xalq badiiy hunarmandçiligi va qölda işlangan amaliy sanʼat buyumlarini sotişdan olinadigan daromad soliğidan 2017-yilning 1-yanvariga qadar ozod etilgan.
Hozirgi kunda bizning tumanimizda 10 nafar yoğoç ustasi va 2 nafar temirçi usta mana şunday imtiyozlardan foydalanmoqdalar.
Yana bir bor qayd qilamanki, "Hunarmand” uyuşmasiga aʼzo bölgan kişilar har oyda tölanişi kerak bölgan 48052 söm 50 tiyin (eng kam iş haqining 50 foizi) miqdoridagi soliqni tölaşdan ozod etiladilar.
Bunday imtiyozlardan foydalanişni xohlaganlar tuman Davlat soliq inspektsiyasidan batafsil yöl-yöriqlar olişlari mumkin.
Örinboy ÖRAZMETOV,
tuman DSI boşliğining örinbosari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶