BMTning begʻaraz yordami
Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi maʼmuriyati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti "Taraqqiyot Dasturi”ning "Orol dengizi krizisi oqibatida jabr koʻrgan aholining turmush tarzini yaxshilash” loyihasi boʻyicha Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmon fondi hududida asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalar asosida ish olib borilmoqda.
Birinchi bosqich loyiha 37.1 mln. soʻmlik grant mablagʻini tashkil qilib, 22 nafar oʻrmon xoʻjaligi ishchi-xodimlariga 100 ta asalari oilalari barcha jihozlari bilan tarqatib berildi.
Oʻrmon xoʻjaligi maʼmuriyatining tashabbusi bilan BMTning "Taraqqiyot dasturi”ga muvofiq Toʻlqin, Nazarxon ovullari hududidagi oʻrmonzorlar bilan chegaradosh oilalarda asalarichilikni rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 45.3 mln. soʻmlik grant mablagʻi hisobidan 26 ta oilaga jami 109 ta asalari oilalarini tarqatish boʻyicha ikinchi bosqich qoʻshma loyihasi ishlab chiqildi hamda ushbu qoʻshma loyiha ham toʻligʻi bilan amalga oshirildi.
Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi "Umid-Gulbogʻ-Rahmiddin” asalarichilik fermer xoʻjaligi bilan shartnomalar tuzilib, qoʻshma loyihalaridagi oilalariga 209 ta yaxshi rivojlangan "Karpat” zotli asalari avlodi olib kelindi. Bu ishlarni amalga oshirishda oʻrmon xoʻjaligining asalarichilik boʻyicha mutaxassisi Qurolboy Nugʻmanovning hissasi kattadir. Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida ayni paytda 100 tadan ortiq asalari oilalariparvarish qilinmoqda. Olingan asal mahsulotlari arzon baholarda oʻrmon xoʻjaligining ishchi-xodimlariga va aholiga sotilmoqda.
F.Matkarimov,
Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi bosh oʻrmonbegisi.
(Foto - http://furkat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶