YaNGI YIL KEÇASIDA
Yer-u osmon birlaşdi, qor gullari bazmida,
Dillar şodon sirlaşdi, vasl-u diydor azmida.
Döst-u yoron jamlaşdi, şijoat bor jazmida,
Söz ila nur qorişdi, ahli aşʼor nazmida –
Yangi yilning zavqidan orolandi yovonlar.
Arçazorlar iforin simirganda gul diyor,
Yozib köngil xumorin, dil tölğondi baxtiyor.
Qor tagida bahorni körganida neça bor,
Zaminga berib bağrin, xalqim tuydi iftixor –
Vatanning qor, qişidan ziyolandi davronlar.
Ming xilga döndi qarang, mahallalar orasta,
Soçildi ajib jarang, kuy, yallalar payvasta.
Boğ-u roğlar kumuşrang, qor gullar dasta-dasta,
Anov çollarga qarang, yigitlarday barvasta –
“Omon-yey, omon”lardan zebolandi ayvonlar.
“Lazgi”dan böls-i-in!” – deya qayroğin şaqillatib,
Çögirma boşda qiya, barmoğin qarsillatib.
Özga etib mahliyo, jon-u tanni titratib,
“Lazgi” tuşdi qariya, voh-voh-yey, qoyillatib,
Ajab! Kuylar sehridan jilolandi har yonlar.
Bezandi boşdin-oyoq Vatanning har göşasi,
Böldi tun-u kun porloq, yilning zör tomoşasi.
Jöşib mehr-u iştiyoq, yuraklarning inşosi –
“Qor xat”lar yozilgan çoğ toşdi köngil çaşmasi:
Sipqorib dil çaşmidan hayolandi zabonlar.
Sozanda-yu göyanda, ahli aşʼor bir taraf,
Navoiy, Bobur dilda, şeʼr bitdi neça salaf.
Bir yon ğazal, badiha, bir yonda navo talab,
Navolarning mavjida raqqosalar safma-saf,
Öynadi qiyib-qiyib, heç qolmadi armonlar.
Keling, bu dam yaxşilar, davrani kengdan olib,
Mehr – qalbni naqşlar, oqibat bölgay ğolib.
Doston aytgan baxşilar, kuylariga çulğanib,
Yuraklar sel, eşilar, mudroq dillar uyğonib –
Maʼnaviyat nuridan jilvalandi imkonlar.
Kördingizmi, qir oşib, keldi tojik yoronlar,
Qardoşlik tuzin totib, jam böldi qadrdonlar.
Neça farsah yöl bosib, qozoq, qirğiz, turkmanlar,
Keldilar quçoq oçib, ildizi bir mehmonlar –
Ming yillik oqibatdan sadolandi Turonlar.
Mehmonlar kelar yölga yozildi kumuş gilam,
Fasli qiş öng-u sölda band böldi yumuş bilan.
Xalqim yaşar köngilda xayrli taşviş bilan:
“Baraka bor , - deb – yilda, keldi qorli qiş bilan!”
Oppoq qor ummonida havolandi tuğyonlar.
Bir ajib his ustuvor Yangi yil keçasida,
Azaliy sinoat bor bezangan Arçasida.
Niyatlari beğubor keksa-yoş çehrasida,
Robiya der, betakror kuylarning jilvasida,
Yangi Özbekistonga havaslandi jahonlar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶