16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:24
Jamiyat 👁 2,587

MILLIY KAMSITILISh – yuraklarni ezgan dogʻ edi

MILLIY KAMSITILISh – yuraklarni ezgan dogʻ edi

Hayot bir tekis emas, hayot gulshanining koʻp oʻydim-chuqurlari bor, azobli tashvishlari bisyor. Ana shu azoblarga chidaganlar, hayot yoʻlining past-u balandlarini vaqtida anglaganlar bu maydonda toblanib-toblanib zulmatlarni yorib, mashaqqatlarni yengib yorugʻlik tomon intilib yashashga oʻzlarida kuch topa oladilar.

Men, avvalo oddiy oʻzbek oilasining farzandi, qolaversa, oʻzbek degan buyuk millatning bir ildizi sifatida umr boʻyi hayot mashaqqatlari va sinovlarini sabot va bardosh bilan yengib yashashga intildim. Oʻtgan asrning 50-60-yillari sobiq ittifoq hududida yoppasiga "ruslashtirish” siyosati avj olgandi. Esimda, oʻrta maktabda Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ulugʻbek kabi buyuk siymolar haqida umuman gapirilmasdi. 7-sinfdan to 10-sinfni tugatgunimizcha "SSSR tarixi”ni oʻqirdik. Adabiyot esa adabiyot emasdi. Bu fanning har bir satrida qizil imperiyaning oxiri puch gʻoyalari nafasi ufurib turardi. Oʻquv yili Lenin darsi bilan boshlanib, "Lenincha yashash va fikrlash” gʻoyasi bilan yakunlanardi.

Oliy oʻquv dargohida tahsil olgan damlarimdan ham, eslasam, faqat qizil shiorlarning nafasi keladi. Milliyligimizga tamoman yot gʻoyalar targʻibotidan charchab ketardik. Achinarli jihati esa oʻquv darsliklarining asosiy qismi rus tilida ekanligi edi. Biz majburiy-ixtiyoriy tarzda rus tilini oʻrganardik. Koʻchalarda, jamoat joylarida institut auditoriyalarida "xalqlar dohiysi”ning tilida gaplashishga majbur edik.

Ayniqsa, 1970-1975-yillarda "ruslashtirish” siyosati shu darajaga borib yetdiki, idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimida ishlovchilar barcha rasmiy ish qogʻozlarini rus tilida yuritishadigan, hisobotlar ruscha boʻlmasa, qabul qilinmaydigan boʻldi.

Esimda: Toshkent qishloq xoʻjalik institutining pillachilik boʻlimini tugatib, avval sovetning kolxozida bosh pillachi-hosilot, keyinchalik tuman pillachilik idorasi boshligʻi lavozimida ishladim. Barcha rasmiy hujjatlarni ruscha tayyorlab, yuqori tashkilotlarga borib alohida suhbatdan oʻtganman, savol-javoblarning barchasi rus tilida boʻlgan.

Rayqoʻmning 1-kotibi, kolxoz raislari, barcha rahbar xodimlar xalq oldida hisobot maʼruzalarini rus tilida oʻqirdilar. Tushungan – tushunardi, tushunmagan – hisobot yigʻilishlariga shunchaki kelib-ketardi. Bularning barchasi, endi oʻylab qarasam, millatimizning shaʼnini, izzat-nafsini yerga urish, oʻzbek oilasida tugʻilgan har bir insonning maʼnan barkamol shaxs sifatida shakllanishiga toʻsqinlik qilish va kamsitishdan boshqa narsa emas ekan. Dunyo tamadduniga ilm-zakovatda tengsiz buyuk tarixiy shaxslarni yetkazib bergan, barcha sohalar boʻyicha ilm-irfon sari ulugʻvor yoʻllar ochgan oʻzbek millatini yer yuzidan sidirib tashlab, Oʻzbekistonday azim mamlakatni butunlay oʻz zaminidan uzib, ruslashtirib yuborishga intilgan qora kuchlarning ildiziga bolta urildi. Asriy orzu-armonlar ushaldi. Davlatimiz mustaqil, el-yurt obod, farovon, tinch-osoyishta. Bu ulugʻ neʼmatning qadriga yetaylik, azizlar!

Shukurjon PIRIMBETOVA,

mehnat faxriysi.

(Foto - http://www.parliament.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026