Yaqinim, hamfikrim
Har kim bolalikdan orzular olamida yaşaydi. Men orzuimga binoan hayotimni adabiyot bilan, bolalar dunyosi bilan boğlaganman. Öquvçilik çoğimizda ötkazilgan tadbirlar, dalada şijoat bilan mehnat qilayotgan paxtakorlar yutuği haqidagi ilk maqolalarim yuragimga quvonç bağişlagan. Vatan, tinçlik, ona, ota haqidagi şeʼrlarim "Amudaryo haqiqati” gazetasida dunyo yuzini körsa, oilamiz, hatto maktabimiz, paxta dalasida mehnat qilayotgan ovuldoşlarim bilan birgalikda sevinganmiz, quvonganmiz. Bir söz bilan aytganda, gazeta bolaligimdan yaqin döstimga aylangan, qalamimni çarxlagan. Ijodga bölgan iştiyoqimni oşirgan.
Yillar ötib talabalikdan söng oilaviy taşvişlar, farzandlar tarbiyasi sabab bir neça yillar ijod qilmaganimda, gazeta xodimlari meni izlaşganida, söraşganida bolalarça quvonganman. Odamlar, tanişlarim agar gazetada şeʼrimni öqişsa, öşa şeʼring unaqa ekan, bu mavzuda ekan, desalar, odamlar şeʼrimni emas, gazeta öqiyotganligidan quvonganman.
Bozor iqtisodiyotiga ötişdek qiyin bir davrda men aytamanki, gazeta xodimlari sidqidildan mehnat qilişdi, tuman gazetasini tuman taraqqiyotining közgusi darajasiga kötardi. Şaxsan men faoliyat körsatayotgan 11-sonli maktab jamoasi gazetaning har bir sonini intiqlik bilan kutadi. Öqituvçilarimiz öz ijodlari bilan gazeta sahifalarida iştirok etib kelişmoqda.
Men oddiygina adabiyot fani öqituvçisi bölişimga qaramasdan gazeta hayotimning bir bölagiga aylangan. Bolalikdagi orzularim, ustozlarimga ehtiromlarim, ota-onamga aytilmagan dil rozlarim, yutuqlarim, farzandlarim dunyoga kelgandagi quvonçlarim, hatto yöqotişlarim, yurak dardlarim jo bölgan şeʼriy satrlarim avvalo "Amudaryo haqiqati”da, keyinçalik "Taraqqiyot közgusi”da dunyo yuzini körgan. Gazeta xodimlarining ijodiy mehnatlarimga bergan xolisona bahosi, töğri körsatmalari yanada köproq ijod qilişimga, töğri yöl topişimga katta yordam bermoqda. Şuning uçun ham u mening yaqinim, hamfikrim. Tumanimiz hayotining közgusi bölgan gazetamizning 80 yillik yubileyi qutluğ bölsin. Nuroniy siymoga, donişmand yoşga yetgan "Taraqqiyot közgusi”ning umri bardavom, saviyasi yuqori, qadri baland bölsin! "Taraqqiyot közgusi”ga va gazeta xodimlariga çuqur hurmat va ehtirom ila
Guloyim BEGJANOVA,
11-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶