2021-YILGI DAVLAT DASTURI LOYIHASI BÖYIÇA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasida mamlakatimizda 2021-yilda barça sohalarda amalga oşiriladigan muhim islohotlar, el-yurtimiz farovonligi, taraqqiyoti bilan boğliq dolzarb vazifalar töla qamrab olingan.
Murojaatnomani butun xalqimiz katta qiziqiş bilan öqib-örganmoqda, belgilangan uluğvor vazifasiga mahkam kirişmoqda.
Şu yilning 23-yanvarida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalardan kelib çiqib, “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini örganiş va takliflar bildirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişga tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, tuman hokimi örinbosarlari, sektorlar rahbarlari, özini özi boşqariş organlari raislari, maktablar direktorlari, faol yoşlar iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Maʼmur Temirboyev oçdi va olib bordi. U öz sözida 2020-yil 29-dekabrdagi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib çiqib, “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasiga havola etilgani, şu munosabat bilan joriy yilning 19-26-yanvar kunlari tegişli hududlardagi senatorlar boşçiligida mahalliy Kengaşlar deputatlari, Yoşlar parlamenti aʼzolari hududiy ijro organlari va jamoatçilik vakillaridan iborat tarkibda işçi guruhlar tuzilib, jadval asosida loyihaning mazmun-mohiyati, uni amalga oşiriş mexanizmlari, hamda kutilayotgan ijobiy özgarişlar töğrisida joylarda tarğibot-tuşuntiriş işlari ötkazilayotganini va şu orqali aholining mazkur Farmon va Davlat dasturi loyihasiga munosabati örganilayotganini aytdi va yiğiliş iştirokçilaridan bu borada taklif mulohazalarini, fikr-mulohazalarini bildirişini söradi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi Guliston Annaqiliçeva batafsil maʼruza qildi.
U öz sözida “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da maktabgaça taʼlim tizimida bolalarni maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş körsatkiçini oşiriş, maktab taʼlimi sifatini oşiriş, öqituvçilarga zarur barça şaroitlarni yaratiş, zamonaviy, yangi maktablar qurilişi, milliy taʼlim dasturini yaratiş, taʼlim sifatini tubdan yaxşilaşga qaratilgan alohida dastur amalga oşirilişi uşbu sohadagi tub islohotlarning asosini taşkil etişini, Prezidentimiz tomonidan xorijdagi vatandoşlarimizni ham ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, joriy qilingan “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda eʼlon qilingan “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturi loyihasida har bir tumanning, har bir mahallaning muammoli masalalarini kötarib çiqiş böyiça takliflar kiritilişi mumkinligi haqida keng turda fikr bildirdi.
Maʼlumot uçun 2021-yil Davlat dasturi loyihasi 276 ta banddan iborat bölib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy ğoya va takliflari hamda 2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida işlab çiqilgan. Farmon loyihasini 10 kun mobaynida jamoatçilik muhokamasidan ötkazişdan maqsad – joriy yilgi Davlat dasturini fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegişli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda yanada takomillaştiriş közda tutilgan.
Şundan söng, tuman hokimi örinbosari, investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği Raşid Salayev, tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov, tuman Xalq taʼlimi bölimi boşliği Rahmatulla Matqurbonov, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova, “Durunki” mahalla fuqarolar yiğini raisi Şuhrat Jumaniyozov, mehnat faxriysi Pardagul Örozboyeva, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari Muqaddas Beknazarovalar sözga çiqişib, “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” Davlat dasturi loyihasiga aholini har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, yoşlarga bölgan eʼtiborni kuçaytiriş hamda aholi salomatligini mustahkamlaş borasida, şuningdek, qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş borasida özlarining taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yiğilişda muhokama etilgan masala yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶