KITOBGA MEHR
Kitob - şunçaki qoğozlar jamlanmasi emas. Unda tarix voqealari, bugungi turmuş tarzimiz yoxud kelajak orzularimiz, umuman, katta hayot qaynab yotadi.
Kitob kirgan uyga maʼrifat, ziyo kiradi, inson hayotida benihoya katta ahamiyatga ega. Bunday uyda öziga xos fayzu tarovat sezilib turadi.
Inson umri davomida körgan va eşitganlari bilan fikrini, ongini boyitib boradi. Kitob esa tafakkurni yuksaltiruvçi bebaho manbadir.
Kitob öqiş inson hayotida zarurmi?
Qaysi kutubxonaga aʼzo bölgansiz?
Qanday kitoblar öqigansiz?
Bugungi kitob bozori sizni qoniqtiradimi? Undan özingiz istagan yo yoqtirgan kitoblarni topa olasizmi?
Kitob dökonlariga tez-tez kirib turasizmi? Şu kunlarda qanday kitob öqiyapsiz?
Şu savollarga javob topiş maqsadida öquvçilarim bilan tumanimiz markazida joylaşgan kutubxona va "Kitob savdo dökoni”ga taşrif buyurdik.
Kutubxona xodimlari öquvçilarni iliq çehra bilan kutib oldilar. Kitob maskanida turli tuman kitoblar borligini, bu yerga aʼzo bölib istagan paytda kelib kitob öqiş mumkinligini aytdilar.
Bir neça öquvçilar kutubxonaga aʼzo bölişdi.
- Men kelajakda kutubxonaçi bölmoqçiman. Kitoblarni javonga terib, kimga qanday kitob kerak bölsa, uni tezda topib berişni xohlayman. Buning uçun kitobni köp öqişim kerak, - deydi har bir kitobga köz yugurtirib Dilnoza.
Mirzabek, Munojat, Ilhomjon, Durdona, Muhayyolar kitob haqida şeʼr, maqollar aytib berişdi.
Şahzodning "har bir inson kitob bilan döstlaşsa, undan köp narsalarni bilib olişi mumkin” degan fikrlari barçaga yoqdi.
Kutubxona xodimlari yoş kitobsevarlarga öqişlarida omadlar tiladilar.
Kutubxonaçi opalar bilan xayrlaşib, kitob bozoriga yöl oldik.
Köpçilik bolajonlarimiz bu yerga ilk bora kelganligi, şunday çiroyli, şinam kitob rastalari xilma-xil va turli mazmundagi kitoblar bilan tölib turganligini körib, öz hayajonlarini yaşira olmadilar. Har bir kitobni varaqlab körib, qaysi birini olsam ekan deb piçirlaşadi.
- Tumanimiz markazidagi "Kitob dökoni”ga onam bilan tez-tez kelib turaman. U yer sevimli maskanim. Yangi kitoblar xarid qilib turaman. "Özbek xalq ertaklari”, "Sirli tovoqça” kitoblarini xarid qilib olib, öqib çiqdim, - deydi Dilşodbek.
Xulosa örnida şuni aytmoqçiman: bolalarni yoşlikdan kitobni sevişga, mustaqil mutolaaga örgatiş ayniqsa muhimdir. Kitob ularning fikrlaş qobiliyatini östiradi, ilmiy dunyoviy bilimlarini oşiradi, hayotni sevişga örgatadi, qalblarda eng yaxşi orzu-istaklarni uyğotadi, aqlni çarxlaydi. Kitob bilan döst bölgan bola yomon illatlardan yiroqda böladi. Şunday ekan, ota-onalar farzandlarining böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi uçun ham ularning mustaqil öqiş faoliyatini kuzatib, kerakli maslahatlar berib borişlari lozim.
Sayyora JUMAMURODOVA,
40-sonli umumtaʼlim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶