TABIIY VA IS GAZIDAN ZAHARLANIŞDAN SAQLANING
Inson uçun bebaho bölib hisoblangan hayotimiz hamişa bir maromda keçavermaydi. Tasodifan sodir bölgan baxtsiz hodisalar gohida hayotni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, zaharli moddalardan yoki gazdan zaharlaniş kabi favqulodda vaziyatlar oğir oqibatlarni keltirib çiqaradi.
Keyingi vaqtlarda issiqlik taʼminotiga ehtiyoj ortgan qişning sovuq kunlarida respublikamizning ayrim hududlarida tabiiy va is gazidan zaharlaniş holati bilan boğliq favqulodda vaziyatlar köp uçramoqda.
Is gazi – bu rangsiz, hidsiz gazdir. Is gazining xavfli tomoni şundaki, u öpka orqali qonga sörilib, unda mavjud bölgan kislorod örnini egallaydi. Buning oqibatida inson organizmida kislorod yetişmasligi (gipoksiya) yuz beradi. Markaziy nerv tizimining zararlanişiga olib kelgan kuçli zaharlaniş yuz bergan holatlarda tezkor tibbiy muolaja körilmasa, inson hayotdan bevaqt köz yumişi mumkin.
Yoqilği mahsulotlari içida boşqalariga nisbatan xavfliroq bölgani bu tabiiy gaz hisoblanadi. Tabiiy gazning xona içiga töplanişi oqibatida portlaş va yonğin sodir böladi hamda buning natijasida inson turli tan jarohati oladi.
Tabiiy va is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq favqulodda vaziyatlar sodir bölişiga tabiiy gazning töliq yonmasligi oqibatida hosil böladigan zaharli gazning salbiy taʼsiri, xonadonlarni isitiş tizimlarini tabiiy gaz tarmoğiga ulaşda meʼyoriy talablarga, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, isitiş uçun möljallangan peçkalarning hamda mörilarning soz holatda emasligi, yaxşi tozalanmaganligi asosiy sababdir.
Şu sababli tabiiy gazning xonaga sizib çiqqanini sezsangiz, darhol derazalarni oçing, elektr çiroqlarini yoqmang, xonada uçqun çiqaruvçi narsalardan foydalanmang!
Agar tabiiy gaz va is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq favqulodda vaziyat yuz bersa, zaharlangan odamga birinçi tibbiy yordam körsatiş, toza havoga olib çiqiş, issiq va tinç joy bilan taʼminlanaş, içimlik sifatida sut yoki qatiq beriş tavsiya etiladi, nafas oliş kuzatilmasa, suʼniy nafas beriladi.
Bunday vaziyatda zudlik bilan 103 telefon raqamlari orqali tez tibbiy yordamga, 104 telefon raqami orqali gaz tarmoqlari bölimiga, yonğin sodir bölganda 101 yoki 1050 telefon raqamlari orqali “Yonğin-qutqaruv xizmati”ga murojaat qilişni yodda tutişimiz zarur.
Begzod NURMAMATOV, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari, podpolkovnik.
Bekzod TAJIBOYeV, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi FVDTvaFM bölinmasi boşliği, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶