7-8-sinf öquvçilari örtasida Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi ötkazildi
Maʼlumki, fanlar olimpiadasi öquvçining öz ustida işlaşiga undaydigan, bilim va salohiyatni sinovdan ötkazadigan, eng kuçli bilim egalarini aniqlaydigan muhim bellaşuvdir. Fanlar olimpiadasida özi qiziqqan fan böyiça iştirok etgan aksariyat öquvçi yoşlar esa kelajakda aynan öşa fan böyiça oliy taʼlim muassasalari yönalişlariga hujjat topşiradilar. Demak, mazkur bellaşuvning yana bir ahamiyatli tomoni öquvçining kelajakdagi kasbini belgilab, maʼlum yönaliş tomon ixtisoslaşuviga turtki berişida. Yaqinda Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabida 2024-2025-öquv yilida umumiy örta taʼlim maktablarining 7-8-sinf öquvçilari örtasida Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini joriy qiliş va xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş töğrisida”gi 562-sonli qarorida umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasida mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarini taşkil etiş, öquvçilarning xalqaro olimpiadalardagi iştirokini taʼminlaş tartibi belgilangan.
Qarorda keltirilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş va öquvçilarning quyi sinflardan boşlab fan olimpiadalariga tayyorgarlik körişiga zamin yaratiş maqsadida taşkil qilingan Al Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasida – matematika fanidan, tabiiy fanlar olimpiadasida esa kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda topşiriqlar taqdim qilinadi.
Olimpiadaga tumanimizdagi 86 ta umumiy örta taʼlim maktablarining va ixtisoslaştirilgan maktabning 7-8-sinf öquvçilari iştirok etişdi. Bunda, aniq fanlar yönalişida 210 nafarga yaqin, tabiiy fanlar yönalişida 200 nafarga yaqin iqtidorli öquvçilar qatnaşdilar.
Olimpiadaning tuman bosqiçi oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi böyiça iqtidorli bolalar bilan işlaş sektori metodisti Fazilat Zarifova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, bölimning maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodistlari, Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabi direktori Otabek Yöldaşov va mazkur maktabdan jalb qilingan nazoratçilar hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirok etdilar.
Oçiliş marosimida Otabek Yöldaşov, Fazilat Zarifovalar Al Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi maqsad va vazifalari haqida hamda bu yilgi olimpiadani ötkaziş tartibi ötgan yildagidan farq qilişi, tuman bosqiçi uçun nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilganligi hamda olimpiadaning hududiy taşkiliy qömitasi tomonidan çop etilib, olimpiada ötkaziladigan kuni joylarga yetkazilişi hamda maxfiylikni va adolatni taʼminlaş uçun amalga oşiriladigan boşqa vazifalar haqida aytib ötdilar.
Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşbay Şamuratov olimpiadani ötkaziş tartib va qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Şundan söng auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirokçilarni belgilangan xonalarga taklif qilib, Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan taqdim qilingan test kitobçasi va javob varaqalarini öquvçilarga tarqatdilar va jarayon boşlandi.
Iştirokçi öquvçilarga 7-8-sinf uçun matematika fanidan 36 savolli test kitobçasi va javoblar varaqasi, tabiiy fanlardan ham 36 savolli test kitobçasi va javoblar varaqasi taqdim etilib, olimpiada topşiriqlarni yeçiş uçun iştirokçilarga nizom talabi böyiça 2 soat vaqt berildi.
Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan iştirokçilarning javob varaqalari Ixtisoslaştirilgan maktab nazoratçilari va vazirlik masʼul xodimiga taqdim qilinib, seyf paketga solib muhrlangan holda Fan olimpiadalari markaziga yuborildi. Natijalar bir neça kun içida Fan olimpiadalari markazi tomonidan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim qilinadi va natija asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi iştirokçilari aniqlanib, ğoliblar eʼlon qilinadi.
Bu kabi olimpiadalar ötkazilişi taʼlim muassasalari öquvçilari orasidan aniq va tabiiy fanlar bilimdonlari yetişib çiqişiga xizmat qiladi. Mazkur olimpiadaning Respublika bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etgan öquvçilar kelgusida xalqaro miqyosida taşkil qilinadigan musobaqa va olimpiadalarda iştirok etib, Özbekistonimizning obrösini yanada yuksaltirişga hissa qöşadilar.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶