15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:24
Jamiyat 👁 504

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi

Is gazidan zaharlanishning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi

Is gazidan zaharlanishning oldini olish kuz-qish mavsumining eng dolzarb masalalaridan biridir. Respublika miqyosidagi rahbarlar hududlarga chiqib, ogʻir oqibatlarga olib keladigan, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan bunday holatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etmoqdalar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Batir Matmuratov Amudaryo tumanida boʻlib, qator yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, qator tegishli tashkilotlar hamda mahallalar masʼullari ishtirokida kuz-qish mavsumi betalafot oʻtkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Batir Matmuratov kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritdi. Mahallalar masʼullari tomonidan aholi xonadonlariga uyma-uy kirgan holda isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish, dudburonlarni tozalash, is gazining inson hayoti uchun xavfli ekanligi yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini taʼkidladi. Tadbir mobaynida is gazidan zaharlanishga olib keluvchi sabablar va oqibatlar xususida soʻz yuritildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan gaz yoki koʻmir, oʻtin kabi yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etilmasligi, nostandart va qoʻlbola yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish, isitish pechlarining dudburonlarini notoʻgʻri oʻrnatish va oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazmaslik, isitish pechlarini dam olish va uxlash xonalariga olib kirish, havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov, yaʼni koʻmir va oʻtin choʻgʻlaridan foydalanish, havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib, toʻsib qoʻyish kabi holatlar inson hayoti uchun xavfli boʻlgan is gazi ajralishiga va undan zaharlanishga olib kelishi qayd etildi.

Shuningdek, tadbir mobaynida yongʻin, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida qator xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozimligi taʼkidlandi. Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Batir Matmuratov mahallalardagi aholi xonadonlarida boʻlib, hamyurtlarimizga favqulodda yongʻin holatlarining kelib chiqishi, is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida tegishli tavsiyalar berdi.

Jumladan, tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik, isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularni qoida talablari asosida oʻrnatish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish, isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik, gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik, gaz taʼminoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan oʻtkazib, ularga texnik xizmat koʻrsatilishini tashkil etish, gaz uskunalarini ulash boʻyicha tartib-qoidalarga rioya qilish, yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmaslik lozimligi tushuntirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026