Insofimiz yemaylik
Yulğiç sozini çalib,
Xizmat haqini olib.
Uni çöntakka solib,
“Ozroqku-ya”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Mansab mazasin totib,
Semirsak beğam yotib.
Yoqqanga qoşiq otib,
“Ne köribman?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Bilmay ekanin qança,
Boylik töplasak ança.
Ixlos orttirib ganja,
“Kambağalman”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Rosa poraxör bölib,
Olib, şodlikka tölib.
Şundayam itdek ulib,
“Yana çözgil”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Yeyilgani bizniki,
Hamda öğil-qizniki,
Ortsa, albat sizniki,
“Çevara-çi?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Tangri borligin bilib,
Yurmaylik elni şilib.
Özni Xorundek qilib,
“Kim köribdi?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Musulmon, desak özni,
Tinglab, aytilgan sözni,
Goh yumib töymas közni,
“Hali oz-ku!” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Iymonga bermay xalal,
Yaşaylik bölib halol.
Hamyurtga kelmay malol,
“Ne qilibman?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Barçaga oxirat bor,
Buni unutmay zinhor,
Bilganim etdim izhor,
“Şu ham gapmi?” - demaylik,
Insofimiz yemaylik!.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶