TERIM SURʼATI YuQORI, XIRMONLAR BALAND
Böz yop ovulida öz işining közini biladigan fidoyi dehqonlar köp. Yerlarni bahorgi ekişga tayyorlaşdan tortib, to hosilni yiğiştirib olgunga qadar daladan beri kelmaydigan fidoyilar mehnati haqida qança gapirsak ham kamlik qiladi. “Tölqin Norboy” fermer xöjaligi rahbari Ozod Töraboyev ana şunday fidoyilardan.
Erta bahorda 78 gektar yerga “Sulton” navli erta pişar paxta navini ekilgan xöjalik dalalari bugun çinakam mehnat maydoniga aylangan. Bir tekis pişib-yetilgan kösaklar oppoq çamanzor tusini olgan paxtazorlarda dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “ğalvir suvdan kötarilayotir”. Fermer xöjaligining qaysi dalasiga bormang, baland hosil xirmonlarini körib, közingiz quvonadi. Albatta, dalalarda möl hosil yetiştirişning özi bölgani yöq. Xöjalikning 78 gektar paxta maydoni çigit unib çiqişi bilan 67 nafar pudratçiga bölib berildi. Agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida ötkazilgani, ayniqsa, yozning jazirama issiq kunlarida ğözani tunda suğoriş işlari taşkil etilgani, şarbat usulida suğoriş, begona ötlardan tozalaş, çilpiş, zararkunandalarga qarşi biologik va kimyoviy işlov berişga alohida eʼtibor qaratilgani özining samarasini berdi. Dalalarda möl hosil töplandi. 78 gektar paxta maydonida şartnomaviy rejadagi 182 tonna yuqori navli sanoat xom aşyosi terib olindi.
Yiğim-terim mavsumi töğri taşkil etilgani bois, ovuldagi vaqtinçalik işsiz, pandemiya davrida joriy etilgan karantin qoidalari tufayli işga çiqib keta olmagan ovul yoşlaridan iborat köngilli haşarçilar hosilni yiğib-terib olişda pudratçilar bilan musobaqalaşib paxta terişdi. Terimçilarga dala boşida tuşlik qilişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilib, iş haqlari har beş kunda hisob-kitob qilib borildi. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi. fermer xöjaligida şartnomaviy reja şaraf bilan bajarildi.
Paxta yiğim-terimi bilan birga fermer xöjaligining 17 gektar yerga ekilgan kuzgi buğdoyzorida ham agrotexnik tadbirlar uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda. Serhosil, “Antonim” navli buğdoy uruği ekilgan xöjalik ğallazorlarida kuzgi zararkunanda haşarotlarga qarşi kimyoviy işlov beriş, oziqlantiruvçi suspenziyalarni purkaş, dalalar boşiga mahalliy öğit va nombor jamğariş kabi işlarga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Xöjalik buğdoyzorlari esa kundan-kunga yam-yaşil tus olib, baravj rivojlanmoqda.
Fermer xöjaligi paxtazorlarida esa hali hosil möl. Terim surʼati ham yuqori. Öz vaqtida iş haqlarini olib, moddiy manfaatdorlik körayotgan terimçilar kuniga har biri örtaça 80-90 kilogrammdan paxta terişga erişmoqdalar.
Ovul hududidagi “Mahkam sari” fermer xöjaligi paxtakorlari ham dastlabki dovondan oşdilar. 77 gektar maydonga “Sulton” navli çigit ekilib, asosiy maydonlar uruğlik paxta uçun möljallangani tufayli agrotexnik tadbirlarni alohida eʼtibor bilan ötkazişni taqozo etdi. Fermer xöjaligi rahbari Mahkamjon Saparimbetovning mavsum yumuşlarini töğri taşkil etgani, iş yuritişdagi uzviylik tufayli xöjalik dalalarida yuqori hosil yetiştirildi. 42 nafar pudratçi özlariga berkitilgan dalalarni begona ötlardan tozalaş, ayniqsa, uruğlik paxta ekilgan dalalarda qöşimça oziqlantiriş işlarini meʼyorida olib borişga erişganlari yiğim-terim mavsumining muvaffaqiyatli boşlanişini taʼminladi.
Natijada fermer xöjaligi dalalaridan 182 tonna paxta terib olinib, şartnomaviy reja şaraf bilan uddalandi. Yetiştirilgan hosilning 100 tonnasi uruğlik çigit uçun möljallangan bölib, uşbu hosil alohida eʼtibor bilan, toza terilib, yuqori navga topşirildi, sifati va tolasi talablar darajasida ekanligi bois, daromad ham yuqori bölişi kutilmoqda.
Xöjalik dalalarida yiğim-terimda qatnaşayotgan pudratçilar va köngilli haşarçilarga iş haqlari şu kunning özida, tarozi boşida hisob-kitob qilinib, har bir kilogramm paxta uçun vaqtida haq pul tölanayotgani, terim surʼatining yanada yuqori bölişini taʼminlamoqda. Ilğor terimçilardan Gulruh Saparniyozova, Sayyora Yusupovalar kuniga birinçi terimda 180-200, ayni paytda esa 100-120 kilodan, mavsum boşidan esa xöjalik xirmoniga har biri 2,5-3 tonnadan ziyod paxta terib tökdilar. Terilgan paxta hosilini paxtani qabul qiliş maskaniga sifatli tarzda yetkazib berişda mexanizator Ikrom Rajabovning xizmati katta bölmoqda.
Mazkur xöjalik dalalarida ham hali hosil möl. Fermer xöjaligi rahbari Mahkamjon Saparimbetovning hisob-kitobiga köra, yana 30 tonnadan ziyod hosil yiğib-terib oliş, zimmasidagi majburiyatini ham oşirib bajariş imkoniyati mavjud.
Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, fermer xöjaligining 17 gektar maydondagi buğdoyzorida ham tekis nihol olinib, ğalla ekilgan maydonlar yam-yaşil tus olgan. Kuzgi mavsumiy işlar esa maromida olib borilmoqda. Xöjalikning 2 gektar yeridagi yangi uzumzor boğdagi toklar ham baravj rivojlanib, kelgusi yildan hosilga kirişi kutilmoqda. Şuningdek, 50 quti asalari uyalarida ham kuzgi asal yiğiş, qişga tayyorgarlik tadbirlari olib borilmoqda.
Ayni paytda fermer xöjaligi dalalarida yetiştirilgan paxta hosilini izğirinli, yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan yiğib-terib oliş işlari qizğin davom ettirilmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶