JISMONIY FAOLLIK ÖQITUVÇIGA KUÇ-QUVVAT BAĞIŞLAYDI, ÖQUVÇI ESA RUHAN SOĞLOM BÖLADI
Yurtimizda taʼlim-tarbiya sohasida amalga oşirilayotgan barça islohotlar zamirida yagona maqsad – yoş avlodni har tomonlama komil, jismoniy jihatdan yetuk va soğlom qilib tarbiyalaşda xizmat qiluvçi mahoratli va malakali pedagog kadrlarni tayyorlaşdan iborat.
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev Özbekistonda umumiy örta va maktabdan taşqari taʼlim tizimini isloh qilişning ustuvor yönalişlarini, şu barobarida ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy, jismoniy jihatdan yetuk, soğlom qilib tarbiyalaş, ularni mustaqil hayotga tayyorlaş pedagoglarning asosiy vazifasi ekanligini belgilab berdi.
Bugungi kunda har bir inson özini soğlom, tetik, baquvvat his qilişga, işçanlik qobiliyatini saqlaşga harakat qiladi. Bu borada bizning 41-sonli umumtaʼlim maktabimizda sezilarli yutuqlarga erişilmoqda. Albatta, insonning, ayniqsa, pedagog kadrlarning soğlom bölişi birinçi galda, sport va badantarbiya maşğulotlari tufaylidir. Barçaning ham yuqori malakali sportçi yoki musobaqalarda qatnaşib, biror-bir mukofotni olişi şart emas. Lekin har bir öqituvçi öz imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda sport va badantarbiya maşğulotlari bilan şuğullanişni odat qilsa, kun ötgan sayin xotirasi yaxşilanib, fikri teranlaşib, jismida kuç yiğilayotganini his etadi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş, ösib kelayotgan avlodning barkamol bölib voyaga yetişida muhim ahamiyatga ega. Şu bilan birga ularning böş vaqtlaridan unumli foydalanişlariga imkon yaratadi. Ayniqsa, bolalik va ösmirlik davridan boşlangan çiniqiş maşğulotlari juda foydalidir.
Demak, öz jismini çiniqtiriş, mehnat unumdorligini oşiriş, soğliqni mustahkamlaş asosida uzoq umr körişni istagan har bir kişi doimo jismoniy tarbiya bilan şuğullanişlari zarur. Muntazam ravişda badantarbiya maşqlarini bajariş öqituvçiga jismoniy kuç-quvvat bağişlaydi, öquvçi esa ruhan tetiklaşib, darslarni yaxşi özlaştiradi. Agar buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sinoning “Badantarbiya – soğliqni saqlaşda uluğvor usuldir” degan ögiti har bir insonning hayotiy şioriga aylansa, kişi heç qaçon kasallikka çalinmaydi.
Manas NURJONOV,
41-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶