15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 13:32
Jamiyat 👁 343

Harbiy-vatanparvarlik musobaqalarida yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va aqliy salohiyati sinovdan oʻtkazildi

Harbiy-vatanparvarlik musobaqalarida yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va aqliy salohiyati sinovdan oʻtkazildi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 12-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Mudofaa vazirligiga 1 mln nafar yoshlarni otaliqqa olish hamda ular bilan manzilli ishlash yuzasidan zarur topshiriqlar berilgan edi.

Darhaqiqat, odamlar, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi oʻta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, navqiron avlod vakillarining yurtimizdagi islohotlar jarayonidagi ishtirokini oshirish, ular oʻz intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasida joylashgan bolalar va oʻsmirlar markaziy oʻyingohida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida oʻtkazilgan harbiy-vatanparvarlik musobaqalari ham yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Musobaqa shartlarini bajarish davomida 1-sektor hududidagi ovul va mahallalar yoshlaridan tarkib topgan jamoalar oʻzlarining jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishdi.

Tadbirda Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov, Milliy gvardiya tuman boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Atajanov, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Zafar Ahmedov va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati, ularning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish, hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi oʻta tahlikali sharoitda har bir farzand Vatan himoyachisi boʻlishi lozim. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda navqiron avlod vakillarining yurtimizdagi islohotlar jarayonidagi ishtirokini oshirish, ularning oʻz intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun bir qator sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning zamonaviy infratuzilmasi negizida va monomarkazlarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Musobaqada jamoalar “Harbiylashtirilgan sport estafetasi”, “Arqon tortish” va “Zakovat” intellektual oʻyini” yoʻnalishlarida oʻzaro kuch sinashdi.

“Harbiylashtirilgan sport estafetasi” yoʻnalishida yoshlar harbiy qurollarni sochib-qayta yigʻish, maxsus jangovar yugurish va turnikka tortinish mashqlarini epchillik bilan bajarishdi.

Oʻqotar miltiqlar armiyaning asosiy qurollaridan hisoblanadi. Uni qismlarga ajratib, tezkorlik bilan qayta yigʻish jangovar mahoratni koʻrsatadi. Oʻqotar miltiqlarning har kuni qismlarga ajratib tozalanishi harbiy askarning quroli doimo soz holatda boʻlishiga xizmat qiladi.

Yugurish esa boʻlgʻusi askarlarning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. Yugurish mashqlari tezkor, chidamli, kuchli boʻlish va yuqori natijalar koʻrsatishda katta ahamiyatga ega. Ishtirokchilar bu mashqlarni bajarish jarayonida oʻzlarining jismoniy tayyorgarliklarini yana bir bora sinovdan oʻtkazishdi.

Turnikka tortilish mushaklarni baquvvat qilib, tananing toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi. Bu mashqlar odamni chiniqishga ham oʻrgatadi. Masʼullar tomonidan yoshlarning ushbu mashqlarni ham toʻgʻri va yuqori aniqlikda bajarishlari kuzatib borildi.

“Arqon tortish” mashqlarida guruh aʼzolari oʻzaro birdamliklarini namoyish etib, raqib jamoalardan ustun chiqishga harakat qilishdi. Bunda gʻolib boʻlish uchun jamoaning taktik hamkorligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Harbiy kadrlardan jismoniy chiniqish bilan bir qatorda tezkor fikrlash va yuqori aqliy salohiyat ham talab qilinadi. Yoshlarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirishda “Zakovat” intellektual oʻyinlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Musobaqa davomida jamoalar jismoniy tayyorgaliklari bilan bir qatorda nazariy bilimlari va aqliy salohiyatini ham sinovdan oʻtkazishdi. Maxsus tayyorlangan savollar yoshlarning bilimlarini yanada mustahkamlab, mavjud kamchiliklarini amalda koʻrsatdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, 3-oʻringa “Qilichboy” jamoasi, 2-oʻringa “Burgutlar” hamda 1-oʻringa “Vatanparvar” jamoalari sazovor boʻlishdi. Tashkilotchilar tomonidan gʻolib jamoalar diplom bilan taqdirlandi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026