“Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari!” loyihasi doirasida tadbir ötkazildi
5-aprel kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasining Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan “Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari!” loyihasi doirasida tadbir ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Xalq demokratik partiyasining Amudaryo tuman Kengaşi raisi Maqsud Saʼdullayev, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi şöʼba mudiri Murodjon Boltayevlar sözga çiqib, inson va uning manfaatlari ustun sanalgan yurtimizda amalga oşirilayotgan ijtimoiy siyosat zamirida xalqimiz turmuş farovonligini yuksaltiriş, ayniqsa fuqarolarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşdek olijanob maqsadlar mujassam ekanini taʼkidladilar. Bu muhim masalalar “Özbekiston-2030” strategiyasida ham öz ifodasini topgani alohida qayd etildi.
Darhaqiqat, yurtimizda keyingi yillarda ijtimoiy muomalalarni öz vaqtida hal qiliş, aholi uçun munosib turmuş şaroitini yaratişga birlamçi eʼtibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa huquq va imkoniyatlar tengligini taʼminlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida Özbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab quyildi. Endilikda yordamga muhtoj aholi vakillarini ijtimoiy himoyalaş tizimi mahalla darajasiga tuşirilmoqda.
Joriy yilning 1-iyunidan boşlab ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini aniqlaş tartibi va ular bilan işlaş tizimi özgaradi. Bunda ehtiyojmand toifaga kiritilgan aholining aynan qanday yordamga muhtojligi aniq belgilab beriladi. Muhtojlarning har biri böyiça individual ijtimoiy xizmatlar dasturi böladi. Bu borada yagona savolnoma joriy qilinadi. Xonadonga “mahalla yettiligi”ning qaysi vakili kirişidan qatʼiy nazar, oiladagi muammo va imkoniyatlar aniqlanib, oilaning “ijtimoiy portreti” çiziladi. Yordamdan söng xonadonda nima özgargani monitoring qilib boriladi.
Yana bir muhim jihati şundan iboratki, mahalladagi barça ijtimoiy xizmatlarni bosqiçma-bosqiç ijtimoiy xizmat körsatiş şartnomasi orqali taqdim etiş yölga qöyiladi. Bunda xizmat körsatuvçi ham, yordam oluvçi ham öziga majburiyatlar oladi.
Endi nafaqa oluvçilar röyxatiga, birinçi navbatda, nogironligi bor, ota-onasi yöq, boquvçisini yöqotgan, kasalligi va boşqa sababga köra uzoq muddat işlay olmaydiganlarning oilalari kiritiladi. Boşqa fuqarolarni “ijtimoiy reyestr”ga kiritişda ularning faqat daromadi emas, balki xarajatlari ham baholanadi.
Şu yil 1-oktyabrdan aholiga körsatiladigan barça ijtimoiy yordamlar “ijtimoiy karta” orqali moliyalaştiriladi. Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, soğlomlaştiriş va nogironligi bölgan şaxslarga qarovçilarni öqitiş böyiça köp tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari işga tuşiriladi.
Tadbirda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining şöʼba mudiri Murodjon Boltayev sözga çiqib, markaz xodimlarining yolğiz qariyalar va nogironligi bölgan, özgalar yordamiga muhtoj kişilar bilan işlaşiş, qiyin hayotiy vaziyatga tuşib qolgan şaxslar va oilalarga har tomonlama yordam körsatiş va odamlarning oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolişining oldini oliş borasidagi işlari haqida maʼlumotlar berdi.
Maqsud Saʼdullayev, Özbekiston Xalq demokratik partiyasining Amudaryo tuman Kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶